1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet132/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

beshinchi bo’limda (50 modda) o’z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari,
Prezident, Vazirlar mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo’llari aniq va
ravshan bayon etilgan. Shu bilan birga bu bo’limda mahalliy hokimiyat organlari, sud
va Prokuratura, Davlat Mudofaasi masalalari o’z ifodasini topgan.
Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g’oyat katta siyosiy, huquqiy va
xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Asosiy Qonunimiz mamlakatda demokratik
tamoyillarni amalga oshirish, xalqimizni huquqiy ma’naviy va 
mafkuraviy tarbiyalashda katta o’rin tutmoqda.
Prezidentning "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganishni
tashkil etish to’g’risida"gi farmoyishiga asosan Konstitutsiyaning jamiyatdagi o’rni
va ahamiyatini o’rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini
yuksaltirish, uning mazmun-mohiyatini targ’ib qilish uchun 20 kishidan iborat
maxsus komissiya tuzildi. Prezidentning Asosiy Qonunni "...bolalar bog’chasidan
boshlab o’rganishni, maktablarda darslik tariqasida o’qitishni, oliy o’quv yurtlarida
maxsus bir dars sifatida o’rganishni barcha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga
topshiriq tariqasidagi…" ko’rsatmasi butun Respublikada Mustaqillik
Konstitutsiyasini tashviqot va targ’ibot qilishning dasturi bo’ldi.
-III-
O’zbek xalqining ko’p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo’lgan mustaqillikning
asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy-
demokratik davlat qurish edi.
Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo’ldi. O’tgan
yillar ko’hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida o’z o’rnimizni
egallash davri bo’ldi. Bu davrda biz o’zligimizni anglab, tarixiy yo’limizni uzil-kesil
tanlay oldik. 
I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning o’ziga xos
tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo’llarini
ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:
1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta
qurish;
2. Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda
yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal
qilishdan iboratdir.
Jamiyatda qonuniylikning g’alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va
boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo’linish prinsipi haqli ravishda


amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11-moddasida
hokimiyatning bo’linishi tamoyili konstitusiya darajasida mustahkamlandi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling