1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


partiyalarsiz vakillik demokratiyasini tasavvur etib bo’lmaydi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8


partiyalarsiz vakillik demokratiyasini tasavvur etib bo’lmaydi; beshinchidan, siyosiy
partiyalarning o’rni va mavqyei ularning soni yoki vaqt bilan belgilanmaydi;
oltinchidan, mamlakatda amalda ko’ppartiyaviylik muhiti qaror topishi yangi
g’oyalar, muqobil takliflar bilan demokratik jamiyat qurilishiga xizmat qilishi lozim.
Shuningdek "Nuroniy", «Ustoz», "Ulug’bek", "Umid", "Xotira" va shu
kabi ko’plab jamg’armalar nodavlat tashkilotlar sifatida rcspublikamizda fuqarolik
jamiyatini shakllantirishda katta hissalarini qo’shmoqda.
2001 yilning 24 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti "Kamolot"
jamg’armasi faollarini qabul qildi va yoshlarning bu tashkilotini mustaqillik davridagi
rolini oshirish vazifasini qo’ydi va "Kamolot" jamg’armasi yoshlarning haqiqiy
yetakchisi, uyushtiruvchisi va boshqaruvchi ommaviy tashkilotga aylanishini zarur
deb topdi.
2001 yilning 25 aprelida O’zbekiston Milliy universitetining Madaniyat
saroyida Respublika yoshlari vakillarining birinchi qurultoyida "Kamolot" yoshlar
ijtimoiy harakati tuzildi. Qurultoyda ijtimoiy harakatning nizomi va dasturi qabul
qilindi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan buyon Respublika Prezidenti va
hukumati tomonidan chuqur o’ylangan milliy siyosat amalga oshirilmoqda.
Davlat umummilliy siyosatiga milliy siyosatdan tashqari iqtisodiy va sosial,
ilmiy-texnika, ta’lim va sog’liqni saqlash, xalqaro munosabatlar (tashqi siyosat)
milliy xavfsizlik va boshqa siyosatlar kiradi. 
O’zbekiston umummilliy siyosatining katta tizimida milliy aholi siyosati
alohida o’rin egallaydi. Bu siyosat diqqat markazida millatidan qat’i nazar inson
turadi. Bunda milliy aholi siyosati respublika aholisiga xos sifat ko’rsatkichlarini
yaxshilashni ko’zda tutadi.
O’zbekiston polietnik, ya’ni ko’p elatli davlat turiga mansub bo’lib, davlatga
o’z nomini bergan millat - o’zbeklar (1996 yil 1 yanvar holatiga ko’ra - 76,4%) -
aholi soni bo’yicha ko’pchilikni tashkil qiladi.
Ma’lumki, dunyodagi barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari
yetakchi o’rin tutadi. Gazeta va jurnallar, radio va televideniye vositalari har bir
davlatda omma bilan hokimiyat o’rtasida o’ziga xos aloqa vositasi, oshikoralik
ko’zgusi, haqiqat jarchisi bo’lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida
yetakchi rol o’ynaganligi uchun ham ularga to’rtinchi hokimiyat tusini berish
ommalashgan. Davlat boshqaruv organlari demokratiyaning muhim tayanchi
bo’lganligi uchun ham ommaviy axborot vositalari bilan maslahatlashishga,


takliflarini e’tiborga olishga majburdir. 
O’zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida"gi
Qonuni mamlakatimizdagi barcha gazeta va jurnallar, radio va televideniye
vositalarini dunyo miqyosiga olib chiqish uchun xizmat qiluvchi asosiy dasturga
bo’ldi.
Islom Karimovning shaxsan tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan yana ikki
Qonun: O’zbekiston Respublikasining "Jurnalistlik kasbini himoya qilish

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling