1991 yili buyuk alloma, g’azal
mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o’tkazish katta ahamiyatga molik voqyea
bo’ldi. Bu tantanaga bag’ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan
chiqarildi.
1994 yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng
ko’lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNESKOning Parijdagi qarorgohida
yubileyga bag’ishlangan haftalik o’tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron
Amir Tyemurning 660 yilligi bo’lib o’tdi. YuNESKO tomonidan 1996 yil "Amir
Tyemur yili" deb e’lon qilindi. Shu yili YuNESKOning Parijdagi qarorgohida
"Tyemuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi" mavzuida
anjuman va unga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi. Mamlakatimizda "Tyemur va
temuriylar" muzeyi, Amir Tyemur nomi berilgan bog’lar, ko’chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi
Iso at-Tyermiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi,
Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng
ko’lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.Jaloliddin
Manguberdining 800 yillik tavalludi, "Alpomish" dostoni yaratilishining 1000 yilligi
keng miqyosda nishonlandi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish
maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag’ishlab, Qur’oni Karimdan keyin
ikkinchi o’rinda turadigan "Al-Jome’ as-Sahih" (Ishonarli to’plam), "Al-adab, al-
mufrad" (Adab durdonalari) o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.1998 yili
Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg’oniy tavalludning 1200
yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan
allomalar hayotiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko’rgazmalar
ochildi.Buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g’arbda
mashhur bo’lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg’oniy al-
Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al
Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |