1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1992 yil 2 martda
O’zbekiston xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyekti sifatida Birlashgan
Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqyea
Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o’rin olishda
ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT
vakolatxonasi ochildi.
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning,
aholi turmush darajasini yuksaltirishning o’ziga xos kafolati ekanligi hyech kimga sir
emas. Shu bois ham O’zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy
barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko’pgina davlatlar
va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining
sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi
yig’ilishlarda O’zbekiston Prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi "6+2" guruhining
tuzilishiga asos bo’lgan edi (O’zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston,
kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va "Tolibon" harakati). Ushbu guruhning
1999 yil iyul oyida Toshkentda o’tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqyea bo’ldiki,
bu uchrashuv mintaqaning o’zida bo’lib o’tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati
oldida O’zbekistonning tinchlik yo’lidagi real harakatlarining asosi sifatida yaqqol
ko’zga tashlanib qoldi. 2) O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy
mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo’lga qo’yilishi.
O’zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda
xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi
istiqbolli natijalarni ko’rsatdi. Ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO,
EKO, Islom konfrensiyasi, Qo’shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali
hamkorliklar yo’lga qo’yildi.
O’zbekiston BMTga a’zo bo’lib kirgan yillari YeXHTning katta mansabdor
xodimlari qo’mitasining Pragadagi yig’ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu
tashkilotga a’zo bo’lib kirishi masalasi ko’tarildi. 1992 yil 26 fevralga kelib
O’zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi.
Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O’zbekistonning Yevropa xavfsizlik va


hamkorlik tashkiloti bo’linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling