1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet159/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Janubiy
Koreya sarmoyadorlari bilan «UzDEUavto», «UzDEU elektroniks» hissadorlik
birlashmalari keng faoliyat natijasi o’laroq O’zbekiston jahondagi avtomobil ishlab
chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o’rin egalladi va yuqori baholarga sazovor bo’ldi.
Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi.3) O’zbekistonning
MDHdagi o’rni va mavqyeining oshib borishi. 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahri
yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar
Hamdo’stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab
Rossiya Federasiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13 dekabrda
Ashxobodda o’tgan O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari rahbarlarining
kengashida hamdo’stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda


Almatida o’tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat MDHga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki
tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi.
O’zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo’stlik iqtisodiy tuzilmalarining
shakllanishida faol ishtirok etdi. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’z asarlarida
MDH doirasidagi hamkorlikka katta e’tibor berib, O’zbekistonning MDH doirasidagi
ishtirokini quyidagi holatlarda belgilab bergan edi.
- Yangi
mustaqil davlatlarning ko’p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari
chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi
mumkinligi;
- Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo’lgan
sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida
bo’lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o’zaro aloqalarini uzib qo’yilishi ishlab
chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
- MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish
respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda
totuvlikni ta’minlashda muhim rol o’ynashi; 
- Yosh mustaqil davlatlarning o’zaro hamkorligi xalqaro maqomda o’z
mavqyeini saqlab qolishi uchun muhim omil bo’lib hisoblanishi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling