1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet157/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1999 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat
rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo’lib
o’tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Yevropada xavfsizlik
va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi.
Yig’ilishda O’zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy
taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni
ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi.
O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik
uchun tuziladigan bitim bo’yicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bo’lib,
bu muzokaralar 1996 yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o’laroq
O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari
Italiyaning Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig’ilishida O’zbekiston
Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning "Fortezza de basso"
qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi
uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bu hujjat
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o’z o’rni va ovoziga ega
bo’lishida katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bitim O’zbekistonni Yevropaning
rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga
chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo’lida
muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya,
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg’or davlatlar bilan bo’layotgan
hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega
bo’ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlikning keng
ko’lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo’lib xizmat
qildi. O’zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo’shilmaslik
harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o’rnatdi.
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon
hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga
kirdi. Shu bois O’zbekiston jahon iqtisodiyotida integrasiyalashish yo’lidan borib,
Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Iqtisodiy
taraqqiyotga ko’maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlarga
a’zo bo’lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yib oldi. Shu bilan birga
O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning


bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon
meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar
ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning
vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. BMTning ta’lim,
ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YuNESKO tashkiloti bilan ham
Respublikamiz o’rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat
kasb etib bormoqda.
Mustaqil O’zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling