1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
hamjamiyati tomonidan tan olinishi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
hamjamiyati tomonidan tan olinishi. XX asrning oxirgi o’n yilligi insoniyat tarixiga
buyuk o’zgarishlar davri bo’lib kirdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o’z taraqqiyot ko’lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O’zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish maqsadida o’zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O’zbekistonning o’z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo’g’rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish uchun imkon berdi. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o’rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo’lga qo’yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: - milliy-davlat manfaatlarini ustun qo’ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; - umumbashariy qadriyatlarni ustun qo’ygan holda nizoli mojorolarni tinch yo’l bilan hal etish; - tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlikni o’rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; - barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o’rnatishga intilish; - xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish; - tashqi siyosatda ko’p tomonlama aloqalarni o’rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.O’zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun majmui Konstitusiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xyelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shu o’rinda aytib o’tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo’nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling