1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi
teatrlar ishga tushirildi. 1993 yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan
"Turkiston" saroyi nafaqat me’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari
va atoqli artistlarning chiqishlari bo’ladigan dargohga aylandi. 1998 yil 26 martda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish
to’g’risida"gi farmoni e’lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O’zbekiston tomosha


san’atining ko’p asrlik an’analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san’atini
har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada
mustahkamlash, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda
teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida "O’zbekteatr" ijodiy-
ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Tyeatrlarning 90-yillarning ikkinchi
yarmidagi repertuarlarida tarixiy pyessalar keng o’rin oldi. 1996 yili Amir
Tyemurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakllar
saxnalashtirildi. "Navro’z-97" teatr festivali munosabati bilan Sohibqiron obrazini
ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998 yili al-Farg’oniy, al-Buxoriylarni
yubileylariga bag’ishlangan pyessalar yaratildi. Mamlakatimizning boy tarixini
namoyish etuvchi spektakllar Toshkentni yetakchi teatrlaridagina emas, barcha
viloyatlarning teatr sahnalarida qo’yildi. 1995-1997 yillari Rcspublika teatrlari
tomonidan 313 yangi spektakllar qo’yildi.
O’zbekistonda musiqa va raqs san’atini
rivojlantirish maqsadida "O’zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
Unda musiqa raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash
masalalari ko’zda tutildi. San’atni barcha sohalari, madaniy-ma’rifiy muassasalari
uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika Prezidentining doimo
e’tibor markazida bo’lib keldi. Sovetlar davridagi madaniyat o’quv ishlari qayta
tuzilib ko’plab yangi o’quv maskanlari tashkil etildi. 90-yillar oxirida mamlakatda 27
ta maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatdi. Shundan bittasi oliy o’quv yurtlari, 20 ta
o’rta maxsus bilim yurtlari, 2 maktab-internat.
Mustaqillik yillarida

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling