1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet149/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1990 yil iyun oyida Respublika Prezidenti
Islom Karimov "Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to’g’risida"gi
farmonga imzo chekdi. O’zbekiston hukumatining har tomonlama qo’llab-quvvatlashi
bilan 1991 yilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo’lgan bo’lsa, 2001 yili
hojilarning soni 3801 kishiga yetdi. So’nggi yillarda Haj safariga boruvchilar 4 ming
nafar kishini tashkil etmoqda. Davlat ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda.
1992 yil Prezident farmoni bilan
Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqimiz


asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri "Navro’z" umumxalq bayrami
sifatida qayta tiklandi.
"Movaraunnahr"
diniy
boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o’z o’rnini egalladi. Diniy boshqarma
qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri»
gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O’zbekiston bo’yicha 87 masjid
bo’lsa, 1998 yilda ularning soni 3000ga hozir esa 5000ga yetdi. Din inson ruhini
poklashi, odamlar o’rtasida mehr-oqibat tuyg’ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat
va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o’rin tutib
kelgan. O’zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda
ko’p millatli O’zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o’n oltita diniy
konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
Istiqlol yo’lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy,
madaniy omillariga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor
kuchaytirilmoqda. Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda,
O’zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o’rganib chiqib, ilg’or
taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish
dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik
tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini, zamon va davr
talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga
qaratildi. Shu maqsadda 1992 yil 2 iyul Respublikamizda "Ta’lim to’g’risida"gi
qonun qabul qilindi.Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi 
- ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
- ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi; 
-ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning
ustuvorligi; 
- e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish
imkoniyatlari yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling