1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
xo’jaligida islohotlar, uning vazifalari va yo’nalishlari. Moliya-bank tizimi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1991 yilgi
- 1998 yili 10 noyabrda
xo’jaligida islohotlar, uning vazifalari va yo’nalishlari. Moliya-bank tizimi.
Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo’g’ini sifatida qishloq xo’jaligida islohot o’tkazish, uni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga mulkchilik masalasi hal qilindi. O’zbekiston Respublikasida sug’oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi. Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlab qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda, xususan, "Yer to’g’risida"gi (20 iyun 1990 yil) va boshqa qonunlarda va Prezident farmonlarida qishloq xo’jaligidagi tub islohotlarni huquqiy va nazariy asoslari yaratildi. Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo’l qo’ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi.Qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisod vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I-chaqiriq X sessiyasi (dekabr, 1997 yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o’zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. "Yer kodeksi", "Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida", "Dehqon xo’jaligi to’g’risida", "Yer kadastri to’g’risida"gi qonunlar qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. 2000 yilga kelib respublikada davlatga qarashli bo’lmagan sektor mustahkamlandi va yetakchi o’rinni egallab, 1991 yilgi 63 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 1999 yil sentyabriga kelib qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4 foizini egalladi.Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarning dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Bozor munosabatiga o’tish jarayonida aholi daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o’zgarmoqda. Maosh bilan o’lchangan ish haqidan tashqari tadbirkorlik daromadi, aksiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo’ldi.1998 yili 10 noyabrda sog’liqni saqlashni isloh qilish to’g’risida Prezident farmoni chiqdi. Davlat sog’liqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda nodavlat, shaxsiy tibbiyot muassasalari rivojlanmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul- kredit tizimi shakllantirildi. Bu tizimning faoliyati iqtisodni barqarorlashtirishga qaratilgan bo’lib, islohotlarni chuqurlashtirish uchun qulay makroiqtisodiy sharoitlar yaratish zarur. Bank tizimini isloh qilishning birinchi bosqichi 1991 yili qabul Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling