1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONING IQTISODIY


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet142/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

15-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONING IQTISODIY,
MA’NAVIY VA MADANIY HAYoTI. O’ZBEKISTONING JAHON
HAMJAMIYaTIGA INTEGRASIYaLAShUVI 
Reja:
1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar. 
2. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol g’oyasi va
mafkuraviy masalalar.
3. Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi.
4. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi.
Tayanch so’z va iboralar: O’zbekiston Respublikasi, «O’zbek modeli», agrar
islohotlar, valyuta, xususiylashtirish va privatizasiya, bozor munosabatlari, narxlarni
erkinlashtirish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, kichik va o’rta biznes.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Umid»,
«Ulug’bek», «Ustoz», «Kamolot», XXI asr, Markaziy Osiyo, BMT, YeXHT, MDH
ko’p tomonlama hamkorligi, integrasiya, ikki tomonlama aloqalar, O’zbekiston,
Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, diniy ekstremizm, xalqaro terrorchilik.
-I-
1) O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi,
uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Davlat mustaqilligini qo’lga
kiritilishi O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish uchun qulay sharoit va keng
imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming
yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini,
tabiiy boyliklarini dunyoning to’rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol
almashgan. 
O’zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik
sharoitidan foydalanib o’zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’limizni belgilash
dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo’lib qoldi. O’zbekiston tanlagan islohot
yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor
munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillarning
asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki
qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak; 
- davlat bosh islohotchi o’rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini
belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
- bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq
tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart; 


- bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning
kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish;
- ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi
tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolision yo’l bilan, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi zarur. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish tamoyillari asosida
g’oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi.
Iqtisodiy strategiyaning boshlang’ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning
pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan,
ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat
holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko’ra ustuvor
vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda totalitar tizimdan
hozirgi zamon bozor munosabatlariga o’tish davridagi bir-biriga bog’liq, ikki vazifani
bir vaqtda hal qilishga to’g’ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og’ir
oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini
shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g’oyat muhim yo’nalishlari
Prezident tomonidan belgilab berildi: o’tish jarayonining huquqiy asoslarini
shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va
rivojlantirish; qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy
shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga
oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi
buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami
shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling