1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1995 yil 5 yanvarda Xususiy
1992-1993 yillar xususiylashtirishning
birinchi bosqichida "Kichik xususiylashtirish" amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o’zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o’zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo’l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag’larini omonat kassalari yoki banklariga qo’yish, qimmatbaho qog’ozlarga aylantirish yo’li bilan. Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg’i- energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda - kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog’-kon sanoatida 51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo’ldi. Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida, Respublika Prezidentining farmonlarida, xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam ko’rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash borasida ko’maklashish nazarda tutilgan. Ikkinchi bosqichda xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiy tarkibiy-strukturasini tubdan o’zgartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Iqtisodiy islohotlarning borishida o’rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Kichik va o’rta biznes iste’mol mollar manbai daromad va foyda manbai bo’lib, yangi ish o’rnini yaratadi. 1995 yil 5 yanvarda Xususiy Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling