1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


o’zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet153/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

o’zbek
adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi.
Asarlari zararli, o’zlari millatchi deb ohaq baholangan Cho’lpon, Otajon Hoshim,
Vadud Mahmud, Munavvar qori singari millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar ijodi
xolisona o’rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr saxnalarida o’z o’rnini
egalladilar.
Ma’rifatparvarlar faoliyatining asl
mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o’rnini ro’yi-rost ko’rsatish boshlandi.
O’tmishda diniy va saroy adabiyoti vakili deb tamg’a bosilgan buyuk shoir va
mutafakkirlar hayoti va ijodi o’rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi.
Mustaqillik sharofati bois mo’tabar Qur’oni Karim va hadislar chop etildi.
Bunday asarlarning xalqimiz qo’liga yetib borishi butunlay yangi, sog’lom, sof milliy
g’oyalarimizning, maqsad va intilishlarimizning sifat darajasini belgilaydi. Adabiyot
sohasidagi va ko’plab nashr etilgan boshqa asarlar milliy istiqlol g’oyasi va
mafkurasining buyuk xayotbaxsh kuchini ko’rsatadi.
Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O’zbekiston qahramonlari Said
Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O’zekiston xalq shoirlari Muhammad


Yusuf, Habib Sa’dullayevlar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Milliy istiqlol davridagi o’zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim
vazifalarni hal etishda Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov, Erkin
Karimov, Ahmad Aliyev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o’rin egallaydi.
T.Malikning romanlari, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek,
H.Do’stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol,
g’oyaviy yetuk asarlari o’zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo’lib qo’shildi.
Mustaqillik yillarida madaniy-ma’rifiy muassasalar ishlarida ham keskin
o’zgarishlar yuz berdi. Bu muassasalarning soni 1997 yili 9442 ta bo’lsa, bulardan 60
tasi muzeylar, 2657 tasi klublar, 6725 tasi kutubxonalardir. Mustaqillik yillari bu
muassasalar aholi o’rtasida madaniy-ma’rifiy tarbiyaning o’chog’iga aylandi.
Aholi o’rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiluvchi muassasalardan biri
kutubxonalar bo’lib, ularning soni 1996 yili 6723 ta edi. Kutubxonalarda jami
kitobxonlar 6 mln. 211 kishini tashkil qilsa, shundan 4 mln. 425 mingi qishloq
rayonlarida edi. Kutubxona xodimlaridan 65 foizi oliy va o’rta ma’lumotli
mutaxassislardir. Millatimizning o’zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlarmizni
tiklashda muzeylar alohida o’rin tutadi. Shu jihatdan Prezidentning 1998 yil 12

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling