1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


O’zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o’zaro hamkorligi. 1993


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet161/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

O’zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o’zaro hamkorligi. 1993
yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo’lib o’tgan uchrashuvidan so’ng
Markaziy Osiyo hamdo’stligiga asos solindi.Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik
munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb
etadi. Ayni paytda o’ziga ruxan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar
bilan mustahkam munosabatlar o’rnatish suveren O’zbekistonning tashqi siyosatidagi
muhim yo’nalishlardan biridir. 1994 yil 10 yanvarda Qozog’iston Prezidenti
N.Nazarboyevning O’zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo’stligiga amaliy
poydevorni qo’ydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari "Yagona iqtisodiy hudud" barpo
etish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar.
Iqtisodiy sohadagi uzviy
hamkorolikning davomi Markaziy Osiyo respublikalari prezidentlarining 1999 yil
aprel oyida Cho’lpon Ota shaharidagi uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda I.A.Karimov
barchaning diqqat e’tiborida turgan Afg’oniston hisoblanmish xalqaro terrorizm
o’chog’ining xavfi masalasi keskinligini qayd etdi. O’zbekiston Prezidenti yig’ilish
qatnashchilari hamda BMTni butun xalqaro hamjamiyatga tahdid solayotgan


ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi.Ayni paytda
O’zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yo’lga qo’yib borar ekan,
bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo’lga qo’yishdagi asosiy xavf
Afg’oniston mojarosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi. Bularga siyosiy
jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik,
narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog’ savdosi kabi muammolarni kiritish
mumkin.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida
turgan xalqaro terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar
rahbarlarining 2000 yil 20-23-aprel kunlari Toshkentda Prezidentning Do’rmon
qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. To’rt davlat rahbarlari
mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga
qarshi birgalikda harakat olib borish haqida hujjatni imzoladilar.Ushbu mamlakatlarni
birlashtirib turgan muhim muammolar qatorida Orol dengizi masalasi katta o’rin
tutadi. Shu bois bu masalani to’la qonli hal etish mintaqadagi davlatlarning global
muammolari qatoriga kiradi.
Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan beri bu
muammoni hal etish Markaziy Osiyo respublikalarining o’zaro aloqalarida o’z aksini
topib bormoqda. Orol dengizi muammosi bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining Qizil O’rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari
bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvlarda asosan Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan
chora-tadbirlarni ko’rish belgilab olindi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling