1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
2002 yil 28 fevral-1 mart
kunlarida Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotini tuzish to’g’risidagi shartnomaga imzo chekildi. Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan uzoqlashishini ko’rsatmaydi, balki murakkab o’tish davrida mintaqa mamlakatlarining o’zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir. Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’iy nazar davlatning tashqi siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilgandir. Umuman, O’zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish borasida bir necha yillarga arziydigan ishlarni amalga oshirdi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi, uning mavqyei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Sovet davlati parchalanib ketgandan so’ng Markaziy Osiyoga, xususan, O’zbekislonga xalqaro terroristlar va diniy ektremistlar qo’poruvchilik harakatlari bilan tazyiq o’tkazishga harakat qilmoqdalar. Tyerrorizm butun dunyoni qamramoqda, uning uchun diniy, milliy ajratuvchilik, davlat chegaralari ham yo’q. 1995-2003 yillarda faqat MDH davlatlari hududida 4.500 uyushgan jinoyatchilar guruhi tor-mor qilindi, 300 ming o’qotar qurollar, 400 tonna portlovchi moddalar yo’q qilindi. Xalqaro terroristlar va diniy ekstremistlar o’zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish, ya’ni O’zbekistonda konstitusion tuzumni ag’darish, Farg’ona vodiysida xalifalikni o’rnatish uchun 2005 yil 13 mayga o’tar kechasi Andijon shahrida amalga oshirishga urindi. Bu kimsalarning buzg’unchilik harakatlarini Andijon xalqi qo’llamadi. Shuning uchun ham Afg’oniston, Qirg’iziston va boshqa davlatlardan moliyaviy, texnikaviy yordam olib, shundan beri tayyorlangan bir guruh diniy ekstremist, qo’poruvchilar Respublika qurolli kuchlari tomonidan bostirildi, ularning yovuz niyatlari puchga chiqdi. O’zbekistonda dunyoviy, demokratik tinchliksevar tuzumning saqlab qolinishi Markaziy Osiyoda, balki MDHning boshqa mamlakatlarida ham terroristik, ekstremistik harakatlar oldi olindi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling