1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet158/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

beshligi» deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan
sammitida bu tashkilotning to’la huquqli a’zosi bo’ldi. 1998 yili tashkil etilgan
«Shanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’izston va Tojikiston
Respublikalari a’zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan
yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o’rnatishdan iborat bo’lib, ayni bir
vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat
markazida turadigan bo’ldi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi dunyo
mamlakatlari bilan ko’p tomonlama aloqalar o’rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan
davlatlar va qo’shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni
rivojlantirdi.Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari
uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bo’lgan Sharq mamlakatlari bilan o’zaro
aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni
kengaytirdi. Bu o’rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni aytib
o’tish o’rinlidir. Shuningdek, O’zbekiston 1992 yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron
tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu ikki
davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik
tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekiston mustaqilligini
birinchilardan bo’lib, 1991 yil 27 dekabrda tan oldi va 1992 yili 2 yanvarda
diplomatik aloqalar o’rnatdi. 1992 yilda ikki mamlakat o’rtasida hamkorlik aloqalari
o’rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan va texnika, madaniyat va san’at sohasida
o’zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanishi uchun ko’pdan ko’p imkoniyatlar
vujudga keldi.
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini
hozirgi kun voqyeligi isbotlab turibdi. O’zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga
chuqur yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga
xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy
sarmoyalarni jalb etishda O’zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi: 
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 


- O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni
ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va
muassasalar tuzish; 
- Ilg’or texnologiyaning kirib kelishiga, xo’jalik tarkibini zamonaviylashishiga
ko’maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan "ochiq eshiklar" siyosatini o’tkazish;
- Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o’ta muhim sohalarni ishlab
chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishga qaratish.Ana shunday yaratilgan qulay shart-sharoitlar imkoniyatlar
natijasida O’zbekiston hukumati jahondagi nufuzli davlatlar Germaniya, XXR,
Turkiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli
aloqalar o’rnatdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonga 12
milliard Amerika dollari miqdorida xorijiy investisiyalar jalb qilindi. O’zbekistonga
kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qo’shma
korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga yetdi. 
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan AQSh bilan
O’zbekiston o’rtasida imzolangan o’zaro manfaatli shartnomalar asosida
O’zbekistonga AQShning sarmoyalari kirib keldi. Bu sarmoyalar ishtirokida
respublikada qo’shma korxonalar tashkil topib faoliyat ko’rsatib turibdi. O’zaro
tuzilgan shartnomalarga ko’ra, AQSh O’zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti
boyliklarini o’zlashtirish uchun katta sarmoya mablag’larni ajratishni o’z zimmasiga
oldi, natijada respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi.
O’zbekistonda Amerikaning "Nyumont-Mayning" kompaniyasi bilan hamkorlikda
oltin qazib oladigan "Zarafshon-Nyumont" qo’shma korxonasi qurib ishga
tushirildi.
Shuningdek, xorijiy sarmoyalar natijasida O’zbekistonda
"SamKochavto", "UzDEUavto", Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni
qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling