1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet160/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari
bo’lib o’tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari,
tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yib olish uchun davlatlararo
iqtisodiy qo’mita tuzish, iqtisodiy integrasiyani to’laqonli amalga oshirish, bojxona va
ittifoq to’lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o’rin egalladi. O’zbekiston
MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo’yicha shartnoma hamda
kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan
imzolab o’zaro manfaatli hamdo’stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
Rossiya Federasiyasi 
bilan mustaqillik yillarida
bo’layotgan o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini
ta’kidlab o’tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o’rtasidagi 1992 yil o’rnatilgan diplomatik
aloqalardan so’ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi.
Rossiya Federasiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq Ye.Primakov 1998 yil
Rossiya Federasiyasi prezidenti B.Yel’sin, 1999 yil dekabr va 2000 yil may oyida
prezident V.V.Putinning O’zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O’zbekistonning
o’zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo’lga qo’yishda, diniy eksteremizm va xalqaro
terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o’rin tutdi.O’zbekistonda 350


korxona Rossiya investisiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo’shma korxonalarda,
Rossiyada esa 100 dan ortiq O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonalari ishlayapti.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan,
balki Ukraina bilan ham keng yo’lga qo’yildi. 1994 yilda Ukraina prezidenti Leonid
Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O’zbekiston va Ukraina davlat
rahbarlarining o’rtasidagi o’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat,
qishloq xo’jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi
yutuqlarda o’zaro hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha tuzilgan bitimlarni amalga
oshirish bilan aloqador bo’lgan masalalar asosiy o’rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy,
balki madaniy aloqalar ham yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan
ortiq o’zbek-ukraina qo’shma korxonalari ishlab turibdi. 2001 yili MDH tashkil
topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari
rahbarlari ishtirokida sammit o’z ishini boshladi. Sammitda o’tgan vaqt mobaynida
qilingan ishlar sarhisob qilindi va o’zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish,
tovarlar va xizmatlar oqimini ko’paytirish uchun axborot-marketing markazlarini
tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi muassasalar,
xo’jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. O’zaro
hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o’z navbatida hamkorlik, davlat
chegarasini himoya qilish. MDH doirasidagi davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi
yutuqlaridan o’zaro keng foydalanish, iqtisodiy aloqalarni keng qamrovli olib borish,
ekologik muammolarni hal etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 4)

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling