1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
sentyabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida"gi Qonun (1994 yil, may)
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
sentyabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar
to’g’risida"gi Qonun (1994 yil, may) kabi hujjatlar muhim o’rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etilishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. -IV- Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko’tarildi. I.A.Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O’zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib berdi. Shulardan birinchi ustivor yo’nalish -mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil xolda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga katta umid bog’lanadi. O’z-o’zini boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu masalani hal qilishga milliy an’analarni, tarixiy qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo’lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish bo’ldi. Xususan, o’z-o’zini boshqarishda asosiy tayanch qilib mahallalar belgilandi. Ular inson qalbida Vatan tuyg’usining shakllanishiga, milliy g’ururning vujudga kelishida, millatchilik illatlaridan xoli bo’lishda katta ta’sir ko’rsatib kelgan. O’z-o’zini boshqarish muassasalari faoliyatining kengayishi bevosita mahallalarning mavqyeini kuchaytirish bilan bog’liq. O’z-o’zini boshqarish organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlash kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma’naviy kamolotini oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo’qotish uchun ish olib borish va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarga, Vatanga, davlatga va boshqa fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir. Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga o’tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999 Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling