1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Fuqarolarning o’z-o’zini


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Fuqarolarning o’z-o’zini
boshqarish organlari to’g’risida"gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga
qaratilgan.
O’z-o’zini boshqaruvning moliyaviy faoliyatini mustahkamlovchi choralardan
yana biri - aholiga kompleks tarzdagi savdo, maishiy va madaniy xizmatlar
ko’rsatadigan guzarlar faoliyatidir.
Bunday iqtisodiy erkinliklar fuqarolarda mustaqil O’zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ishonchini mustahkamlaydi.
Shuningdek, har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, ularni fuqarolik
jamiyatining a’zosi ekanligini his qilishlari uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud hokimiyatidir.
Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi hamda qabul qilingan qonunlar asosida o’z vakolatlarini
amalga oshiradi.
Sudlarning huquqiy holati O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida,
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar
to’g’risida"gi Qonunida bayon etilgan.
O’zbekistonda sud tizimini isloh qilish, sud hokimiyatini shakllantirishda ham
bir muncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov ishlarini yurgizishga oid barcha
demokratik konstitusiyaviy tamoyillar yanada rivojlantirildi.
I.A.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida (2001 yil 29
avgust) "Adolat qonun ustivorligida" nomli ma’ruzasida sog’lom jamiyat uchun


jinoyatchini jazolashdan ko’ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini uqtirib
o’tdi. Ma’ruzada O’zbekistonning demokratiya va taraqqiyot yo’lidan mustaqil
rivojlantirishning o’tgan o’n yil ichida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida sodir
etilgan tub o’zgartirishlarning muhimligi ta’kidlanib, sud-huquq tizimini
takomillashtirish, jinoyat to’g’risidagi qonun hujjatlarini insonparvarlik, adolat,
huquqiy fuqarolik jamiyati prinsiplariga muvofiq ravishda erkinlashtirish masalasiga
alohida e’tibor berildi.
Insoniyat tarixida yangi davr - Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan
Millatlar Tashkiloti 1995-2005 yillarni kurramizda "Inson huquqlari o’n yilligi"
deb e’lon qildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’tgan qisqa davr ichida
insonning huquq va erkinliklari to’g’risida milliy qonunchilik tizimini tashkil etuvchi
yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston inson huquqlari bo’yicha 40 ga
yaqin xalqaro shartnomaga qo’shildi va ularga bizning mamlakatimizda ham amal
qilinmoqda. 
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza
qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish
tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha
respublika aholisining inson huquqlari bo’yicha madaniyatini oshirish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling