1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstitutsiyaviy Komissiya
- 1991 yilni oktyabrida
- O’zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992 yili 8 dekabrda
- Ikkinchi bo’limi
- "Jamiyat va shaxs"
Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g’oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990
yilni mart oyida ilgari surildi. Ko’p o’tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. Komissiya Konstitusiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklarasiyasiga amal qildi. Dunyoning ko’pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning konstitutsiyaviy hujjatlari o’rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o’rganildi. Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O’zbekistonda yuz bergan tarixiy o’zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O’zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o’rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo’limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi. Ishchi guruh va komissiyalar 1991 yilni oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992 yilni bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992 yilni 26 sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o’rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi. Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O’zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992 yili 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi. Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo’ldi. Birinchi bo’limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo’nalishlari o’z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo’limi 35 moddadan iborat bo’lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag’ishlangan. Bunda, O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O’zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o’z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo’shilish huquqlari ta’kidlab ko’rsatilgan. Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo’lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o’z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi deb taqqoslab qo’yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig’imlarni o’z vaqtida to’lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan. Konstitutsiyaning "Jamiyat va shaxs" bo’limida O’zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo’l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalarining o’rni aniq bayon etib berilgan. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining o’zaro munosabatlariga maxsus to’rtinchi bo’lim ajratilgan. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling