1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati Reja


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/39
Sana24.11.2017
Hajmi5.05 Kb.
#20824
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39

Shanxay  hamkorlik  tashkiloti.  1996-yilda  Shanxayda,  1997-yilda  Moskvada  bo’lib 
o’tgan  Xitoy,  Rossiya,  Qozog’iston,  Qirg’iziston,  Tojikiston  davlat  rahbarlarining 
sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, 
qurolli  kuchlarni  qisqartirish  to’g’risida  shartnomalar  imzolangan  edi.  Shu  tariqa, 
«Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi.  
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning 
ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning 
«Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi. 
O’zbekistonning  «Shanxay  forumi»ga  kirishi  munosabati  bilan  uning  nomi  Shanxay 
hamkorlik tashkiloti - SHHT, deb o’zgartirildi. 
2001-yil  iyunda  bo’lgan  sammit  yakunida  Shanxay  hamkorlik  tashkilotini  tuzish 
to’g’risida  deklaratsiya  hamda  terrorchilik,  ayirmachilik  va  ekstremizmga  qarshi  kurash 
borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.  
2002-yil  6-7-iyun  kunlari  SHHT  ga  a’zo  mamlakatlar  davlat  boshliqlarining  Sankt-
Peterburg  shahrida  navbatdagi  sammitida  a’zo  davlatlar  rahbarlarining  Deklaratsiyasi, 
tashkilotning  ta’sis  hujjati  –  SHHT  Xartiyasi,  SHHTga  a’zo  davlatlar  o’rtasida 
Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi.  
2003-yil  29-may  kuni  Moskvada  bo’lib  o’tgan  sammitda  SHHT  ning  doimiy  amal 
qiluvchi  idoralari  –  Pekinda  Kotibiyat  va  Toshkentda  Mintaqaviy  aksilterror  tuzilmasi 
(MATT)  ijroiya  qo’mitasini  ishga  tushirishga  qaror  qildi.  Bu  tashkilotlar  2004-yil 
yanvardan ish boshladilar. 
2004-yil  17-iyun  kuni  Toshkentda  SHHT  ga  a’zo  davlatlar  rahbarlarining  sammiti 
bo’lib o’tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha 
muzokaralar  bo’ldi.  Sammitda  2004-yil  mart  oyida  O’zbekistonda  sodir  etilgan 
terrorchilik  harakati  nafaqat  O’zbekiston,  balki  butun  Markaziy  Osiyo  mintaqasida 
vaziyatni  izdan  chiqarishga  qaratilganligi  qayd  etildi.  Butun  dunyoda  terrorchilik 
kuchayib,  yadroviy,  kimyoviy,  biologik,  elektron  terrorchilik  xavfi  paydo  bo’lganligi, 
terrorchilarning  bazalarini  yo’qotish,  odamlarning  ongini  zaharlaydigan,  terrorchilikni 
moliyalashtiradigan  markazlarga  qarshi  keskin  kurash  olib  borish  zarurligi  ta’kidlandi. 
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va 

bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali 
terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan. 
SHHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga 
alohida  e’tibor  berildi.  Sammitda  SHHT  ga  a’zo  mamlakatlarni  xavfsizlik  orqali 
hamkorlik  sari  boshlaydigan  tashkilotdir,  deb  ta’kidlandi.  Sammitda  iqtisodiy 
hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini rag’batlantirishga kelishib olindi: 
- transport infratiizilmasini rivojlantirish; 
- tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish; 
- suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish; 
- ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish; 
- fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish; 
- investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor  yaratish, bu sohadagi 
to’siq va muammolarni bartaraf etish. 
Sammit  yakunida  Toshkent  deklaratsiyasi,  SHHT  ning  vakolatlari  va  immunitetlari 
to’g’risidagi  konvensiya,  Narkotik  vositalar  va  psixotrop  moddalarning  noqonuniy 
aylanishiga  qarshi  kurashda  hamkorlik  to’g’risidagi  bitim,  tashkilot  va  uning  organlari 
faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi. 
 
3.MDH VA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN HAMKORLIK 
 
MDHning  tashkil  topishi.  1991-yil  8-dekabrda  Minskda  Rossiya,  Ukraina,  Belorus 
rahbarlari  –  B.Yeltsin,  L.Kravchuk,  S.Shushkevichlarning  uchrashuvi  bo’ldi.  O’sha  kuni 
Belovej  Pushchasida  uch  davlat  boshliqlari  Mustaqil  Davlatlar  hamdo’stligi  (MDH)ni 
tuzish  to’g’risida  Shartnoma  imzoladilar.  Shartnomada  yagona  iqtisodiy  makon,  yagona 
valyuta  va  moliya-bank  sistemasi  bo’ladi,  fan,  ta’lim,  madaniyat  va  boshqa  sohalarda 
hamkorlik  qilinadi, tashqi  siyosat,  armiya  sohasidagi  siyosat  kelishilgan  holda  yuritiladi, 
deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to’xtatiladi, 
deb e’lon qilindi. 
Ukraina,  Belorussiya,  Rossiya  parlamentlari  MDHni  tuzish  haqidagi  shartnomani 
ratifikatsiya  qildilar  va  1922-yil  30-dekabrdagi  SSSRni  tuzish  to’g’risidagi  shartnomani 
bekor qildilar. 
Qozog’iston,  O’zbekiston,  Qirg’iziston,  Tojikiston  va  Turkmaniston  Prezidentlari 
MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar. 
1991-yil  21-dekabr  Almati  shahrida  Rossiya  (B.Yeltsin),  Ukraina  (L.Kravchuk), 
Belorus  (S.Shushkevich),  Qozog’iston  (N.Nazarboyev),  O’zbekiston  (I.Karimov), 
Qirg’iziston (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon 
(A.Mutalibov), 
Armaniston 
(Ter-Petrosyan), 
Moldaviya 
(M.Snegur) 
davlat 
boshliqlarining  kengashi  bo’ldi.  O’sha  kuni  11  davlat  boshliqlari  Belovej  shartnomasi 
yuzasidan  protokolni  imzolab,  “Teng  huquqli  va  ahdlashayotgan  oliy  tomonlar” 
maqomida  MDH  muassisi  bo’ldilar.  Kengashda  Almati  Deklaratsiyasi  qabul  qilindi. 
Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi: 
20.
 
hamdo’stlik qatnashchilarining o’zaro aloqalari ular o’rtasidagi tenglik 
asosida  tuziladigan  bitimlar  hamda  bitimlarda  belgilangan  tartiblar  doirasida 
faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi; 
21.
 
MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; 

22.
 
xalqaro  strategik  barqarorlikni  va  havfsizlikni  ta’minlash  maqsadida 
harbiy-strategik  kuchlarning  birlashgan  qo’mondonligi  va  yadro  quroli  ustidan 
yagona nazorat saqlab qolinadi; 
23.
 
MDH  ochiqdir,  uning  barcha  a’zolari  roziligi  bilan  sobiq  SSSR  ning 
a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo’shilishi mumkin; 
24.
 
umumiy  iqtisodiy  makonni,  umumiy  bozorni  vujudga  keltirishda  va 
rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi
25.
 
MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to’xtatiladi; 
26.
 
hamdo’stlik  qatnashchilari  o’z  Konstitutsiyalaridagi  tartib,  qoidalarga 
binoan  sobiq  SSSR  ning  shartnomalari  va  bitimlaridan  kelib  chiqadigan  halqaro 
majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar; 
27.
 
MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og’ishmay rioya 
etish majburiyatini oladilar. 
MDH  kengashlarini  tayyorlash  bo’yicha  ishchi  guruhini  tuzish  to’g’risida  protokol 
imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi. 
1993-yil  yanvarda  Minskda  MDH  Davlatlari  boshliqlarining  navbatdagi  kengashi 
bo’ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni 
yakunlandi. 
Hamdo’stlik  mamlakatlarining  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalari  katta  mashaqqatlar  va 
sekinlik  bilan  mustahkamlanib  bordi.  Qabul  qilingan  hujjatlarning  aksariyati  qog’ozda 
qolib  ketdi.  Bunga  sabab  tomonlarning  muammolarni  echishni  istamayotganida  emas, 
aksincha,  o’zaro  hamkorlik  teng  huquqli  asosda,  har  bir  mamlakatning  milliy 
manfaatlarini hisobga  olgan holda  yuritilishiga  intilayotganligi  bilan bog’liq  edi.  O’tgan 
yillar  davomida  erishilgan  ahdlashuvlarni  amalga  oshirishning  samarali  mexanizmi 
yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi. 
2000-yil  24-25-yanvar  kunlari  Moskvada  MDH  mamlakatlari  rahbarlarining  sammiti 
bo’lib  o’tdi.  Unda  Rossiya  davlat  boshlig’i  V.Putin  Hamdo’stlik  Davlatlari  boshliqlari 
kengashining  raisi  etib  saylandi.  Ukraina  Bosh  vaziri  V.Yushenko  MDH  mamlakatlari 
hukumat  boshliqlari  kengashining  raisi  etib  saylandi.  Kengashda  MDH  a’zolari  bo’lgan 
mamlakatlar  o’rtasidagi  munosabatlarni  yanada  rivojlantirish,  MDHni  isloh  qilish 
borasidagi  masalalar  muhokama  qilindi.  Bu  kengash  MDHning  kelajagiga  katta  ishonch 
uyg’otdi.  Bu  ishonch  Rossiya  Prezidenti  V.Putinning  MDH  doirasidagi  sheriklar  bilan 
yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini topmoqda. 
2000-yil  21-iyunda  Moskvada  bo’lib  o’tgan  MDH  davlat  boshliqlarining  sammitida 
MDH  doirasida  erkin  savdo  zonasi  barpo  etish  borasidagi  ishlarni,  integratsiya 
jarayonlarini  faollashtirishga  qaratilgan  2005-yilgacha  bo’lgan  muddatda  Hamdo’stlikni 
rivojlantirish  dasturi  muhokama  qilindi  va  tegishli  hujjat  imzolandi.  2003-yilgacha 
jinoyatchilik,  terrorchilik  va  ekstremizmning  turli  ko’rinishlariga  qarshi  birgalikda 
choralar  ko’rish  to’g’risida,  MDHning  terrorchilikka  qarshi  kurash  markazini  tuzish 
haqida qarorlar qabul qildilar. 
Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, 
Konstitutsiyaviy  tuzimni  himoya  qilish  va  terrorchilikka  qarshi  kurash  departamenti 
boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi. 
2001-yil  29-30-noyabr  kunlari  Moskvada  MDH  tashkil  etilgan  kunning  10-yilligiga 
bag’ishlangan  yubiley  sammiti  bo’lib  o’tdi.  Sammit  qatnashchilari  Afg’onistondagi 

voqealar  to’g’risida  bayonot  qabul  qildilar.  Bayonotda  aksilterror  operatsiyasi  ijobiy 
baholandi. 
MDHning  tarixi  guvohlik  beradiki,  Hamdo’stlikning  tashkil  etilishi  foydali  bo’ldi. 
Hamdo’stlik Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga 
bog’langan  iqtisodiyotini  to’ldirib  turish  zarur  edi.  Hamdo’stlik  mana  shunday 
to’ldiruvchilik  rolni  o’ynadi,  parchalanish  jarayonida  nizo-janjal  chiqishiga  yo’l 
qo’ymadi. 
Hamdo’stlik  hozirgi  kunda  ham  ahamiyatini  yo’qotgani  yo’q.  MDH  yon-atrofdagi 
voqealarga  munosabat  bildirishda  yakdillik  ko’rsatish,  xususan,  terror,  narkobiznes, 
uyushgan  jinoyatchilik,  ekstremizm  kabi  balolarga  qarshi  turishda  hamjihatlikni 
mustahkamlash,  bahamjihat  harakat  qilishda  muhim  o’ringa  ega.  Hamdo’stlikning  yana 
bir  ahamiyatli  tomoni  shundaki,  globallashuv  jarayonlari  jadallashib  borayotgan  hozirgi 
sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli 
inqirozlarni yengishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir. 
O’zbekiston-Rossiya hamkorligi. 1992-yil 30-mayda I.Karimov boshliq O’zbekiston 
delegatsiyasining  Rossiyaga  davlat  tashrifi  paytida  O’zbekiston  Respublikasi  bilan 
Rossiya  Federatsiyasi  o’rtasida  davlatlararo  munosabatlarning  asoslari,  do’stlik  va 
hamkorlik  to’g’risida  shartnoma  imzolandi.  Shartnoma  ikki  davlat  o’rtasida  har 
tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat 
o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi, elchixonalar ochildi. 
Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  B.Yeltsinning  1993-yil  mart  oyida  O’zbekistonga 
tashrifi  paytida  ikki  davlat  o’rtasidagi  aloqalarni  yanada  mustahkamlash  choralarini 
ko’rishga ahdlashildi. 1993-yil 19-martda O’zbekiston va RF o’rtasida madaniyat, fan va 
texnika,  ta’lim  sog’liqni  saqlash,  axborot,  sport  va  turizm  sohasida  hamkorlik  qilish 
to’g’risida bitimlar imzolandi. 
Rossiya Prezidenti V.Putin 1999-yil 10-11-dekabrda va 2000-yil 18-19-may kunlarida 
davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va 
rasmiy delegatsiyalari o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va 
harbiy-texnikaviy 
hamkorlik, 
xavfsizlik, 
jumladan, 
Afg’onistondagi 
vaziyatni 
barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar 
muhokama etildi. 
Dekabrdagi  uchrashuvda  «O’zbekiston  bilan  Rossiya  o’rtasida  harbiy  va  harbiy-
texnikaviy  hamkorlikni  yanada  chuqurlashtirish  to’g’risida  shartnoma»  imzolangan 
bo’lsa,  may  oyidagi  muzokaralarda  ikki  mamlakat  hukumatlari  o’rtasida  «O’zbekiston 
Respublikasi  ma’muriy-hududiy  tuzilmalari  Rossiya  Federatsiyasi  sub’ektlari  o’rtasida 
hamkorlikni  kengaytirish  to’g’risida  bitim»,  «Xalqaro  avtomobil  qatnovi  to’g’risida 
bitim» imzolandi. 
Shu tariqa, O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar yangicha 
mazmun  kasb  etmoqda.  Ikki  mamlakat  o’rtasida  turli  maqsadlarga  yo’naltirilgan  150  ta 
hujjatlar imzolangan. 
O’zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2000-yilda 1 mlrd 
AQSH dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda rossiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda 
tashkil etilgan 527 ta qo‘shma korxona, Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyadorlari 
ishtirokida tuzilgan 293 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O’zbekiston 
Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va 

boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, 
oziq-ovqat mollarini eksport qiladi. 
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001-yil 3-5-may kunlari, 2004-yil aprel oyida 
Rossiyaga  tashrifi  va  V.Putin  2004-yil  iyun  oyida  O’zbekistonga  tashrifi  ikki  mamlakat 
o’rtasidagi hamkorlikni yangi pog’onaga ko’tardi. 
2004-yil 16-iyunda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida 
strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. Mazkur bitim o’zaro xavfsizlikni 
ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar 
sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilikning mustahkam 
poydevori bo’lib xizmat qiladi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi “bilan” 
«Lukoyl» neft kompaniyasi OAJ hamda «O’zbek neft-gaz» milliy xolding kompaniyasi 
bilan «Gazprom» ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim 
imzolandi. Bu hujjatlar O’zbekiston yonilg‘i-energetikasi sohasiga qariyb 2,5 mlrd AQSH 
dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo 
hajmi 2003-yilda 1 mlrd 149 mln, 2004-yilda 1 mlrd 642 mln, 2007-yilda esa 4,2 mlrd 
AQSH dollarini tashkil etdi. 
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 19-20-aprel kunlari Rossiyaga tashrifi 
jarayonida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni 
yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat o‘rtasida turli darajadagi 
munosabatlar 276 hujjatga tayangan holda rivojlanib borayotganligi qayd etildi. 2010-
yilda O’zbekistonda 843 ta o‘zbek-Rossiya qo‘shma korxonalari, Rossiyada esa 
o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida 385 qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatdi. 
O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2010-2012-yillarga mo’ljallangan 
harbiy-texnik, bojxona, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar 
imzolandi. 
O’zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, o‘zaro 
manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat 
qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda. 
O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda 
I.Karimovning 1992-yil avgust oyida Kiyevga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga 
ega bo’ldi. Tashrif chog’ida, 25-avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov va 
Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo 
munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. 
Shuningdek, ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida protokol 
va savdo iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi. 
1995-yil 20-21-iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O’zbekistonda bo’ldi. 
Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O’zbekiston-Ukraina hamkorligini kengaytirish va 
chuqurlashtirish  yo’llari  to’g’risida  Deklaratsiya,  O’zbekiston  bilan  Ukraina  o’rtasidagi 
iqtisodiy  integratsiyani  chuqurlashtirish  to’g’risida  shartnomani  imzoladilar.  Safar 
chog’ida  O’zbekiston  va  Ukraina  hukumatlari  o’rtasida  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
sohasida  hamkorlik  qilish  to’g’risida  bitim,  ilmiy-texnikaviy  hamkorlik  haqida  bitim, 
elchixonalar  faoliyati  haqida  bitim  imzolandi.  Islom  Karimovning  1999-yil  oktabrida 
Ukrainaga  safari  chog’ida  O’zbekiston  va  Ukraina  o’rtasida  1999-2008-yillarga 
mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan. 

O’zbekiston  va  Ukraina  o’rtasida  1992-2002-yillarda  neftni  qayta  ishlash, 
kommunikatsiya,  fan-texnika,  sanoat,  savdo,  axborot  almashish,  madaniyat  va  boshqa 
sohalarda  hamkorlik  bo’yicha  130  dan  ortiq  hujjatlar  imzolandi.  O’zaro  savdo  hajmi 
1992-yildagi  20  mln.  AQSH  dollaridan  2003-yilda  280  mln.  AQSH  dollariga  yetdi. 
O’zbekiston  Ukrainaga  aviatsiya,  kimyo  va  yengil  sanoat  mollari,  paxta  tolasi,  rangli 
metallar,  gaz  eksport  qilmoqda.  Ukrainadan  gaz  va  neft  konlarini  o’zlashtirishda  zarur 
bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog’i 
import  qilinmoqda.  O’zbekistonning  Qora  dengizdagi  Ukraina  bandargohlari  orqali 
Yevropa  mamlakatlari  bilan  savdo-iqtisodiy  aloqalari  yo’lga  qo’yildi.  O’zbekistonda 
Ukraina  investitsiyalari  ishtirokida  barpo  etilgan  20  ta  qo’shma  korxonasi  ishlamoqda. 
Jumladan,  «ToshVALEO»  qo’shma  korxonasi  bir  kunda  ming  qutiga  yaqin  qandolat 
mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta’lim, madaniyat 
sohasida hamkorlik qilinmoqda. 
O’zbekistonning  Belorus  va  Moldova  bilan  aloqalari.  Belorus  Respublikasi  Oliy 
Kengashining raisi S.Shushkevichning 1991-yil 6-noyabrda O’zbekistonga rasmiy davlat 
tashrifi  O’zbekiston  bilan  Belorus  o’rtasida  davlatlararo  aloqalarga  asos  soldi.  Tashrif 
paytida Toshkentda I.Karimov va S.Shushkevich O’zbekiston Respublikasi bilan Belorus 
Respublikasi  o’rtasida  davlatlararo  munosabatlarning  asoslari  to’g’risida  shartnoma 
imzoladilar.  Shuningdek,  ikki  davlat  hukumatlari  o’rtasida  1992-yilda  savdo-iqtisodiy 
hamkorlik prinsiplari to’g’risida bitim imzolandi. 
1994-yil 21-22-dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 
rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda 
har  ikki  davlat  muassasalari  o’rtasida  18  ta  hujjat  imzolandi.  O’zbekiston  bilan  Belorus 
o’rtasida  do’stlik  va  hamkorlikni  yanada  mustahkamlash  haqidagi  Deklaratsiyani, 
Madaniyat  va  san’at  sohasida  hamkorlik  qilish  to’g’risida  shartnomani  I.Karimov  va 
A.Lukashenko imzoladilar. 
1995-yil  hukumatlar  o’rtasida  daromad  va  mulklardan  ikki  tomonlama  o’zaro  soliq 
olmaslik, avtomobil, temir yo’l, xavo yo’li va pochta aloqasi bo’yicha hamkorlik haqidagi 
bitimlar  imzolandi.  Tashqi  ishlar  vazirliklari  o’rtasida  maslahatlashuv  haqida  protokol 
hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi. 
1995-yil 
30-31-mart 
kunlari  O’zbekiston  Prezidenti  I.Karimov  Moldova 
Respublikasida  rasmiy  safarda  bo’ldi.  I.Karimov  va  Moldova  Prezidenti  Mircha  Snegur 
o’rtasidagi  muzokaralar  nihoyasida  O’zbekiston  Respublikasi  va  Moldova  Respublikasi 
o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o’rtasida erkin 
savdo  munosabatlarini  rivojlantirish,  fan-texnika,  madaniyat  va  san’at,  pochta  xizmati, 
aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish, ikki tomonlama 
soliq, olmaslik to’g’risidagi o’ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan 
aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. 
O’zbekiston  uchun  ishlab  chiqilayotgan  shakar,  dori-darmon,  qishloq-xo’jalik 
texnikasi,  elektrotexnika  asbob-uskunalari,  sug’orishda  foydalaniladigan  nasoslar  kerak. 
Moldova  sanoati  uchun  esa,  O’zbekistonning  paxtasi,  kimyoviy  tolasi,  qattiq  metallari 
kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat hamkorligining zaminidir. 
O’zbekistonning  Kavkazorti  mamlakatlari  bilan  aloqalari.  1995-yil  5-sentabrda 
Gruziya  davlat  rahbari  E.Shevernadze  rasmiy  tashrif  bilan  O’zbekistonda  bo’ldi.  Bu 
tashrif  O’zbekiston  bilan  Gruziya  o’rtasidagi  qadimiy  aloqalarni  tiklashda  muhim 

ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi 
va  muzokaralar  nihoyasida  I.Karimov  va  E.Shevernadze  tomonidan  O’zbekiston  va 
Gruziya  o’rtasida do’stlik va hamkorlik  to’g’risida  shartnoma  imzolandi.  Ikki  mamlakat 
o’rtasida sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq 
xo’jaligi,  bojxona,  xalqaro  transport  aloqalari,  erkin  savdo  va  ishlab  chiqarish,  maorif, 
madaniyat, sport, sog’liqni saqlash, sayyohlik, atrof muhit muhofazasi bo’yicha hamkorlik 
to’g’risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar imzolandi. 
Mazkur  bitimni  ro’yobga  chiqarishda  O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning 
1996-yil may oyida Gruziya Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega 
bo’ldi. 
Islom  Karimovning  Gruziyaga  safari  chog’ida  E.A.Shevarnadze  bilan  halqaro 
Transkavkaz  yo’li,  uning  Gruziyadan  o’tadigan  qismini  barpo  etish,  Gruziyaning  Poti 
bandargohi  imkoniyatlaridan  O’zbekiston  yuklarini  tashishda  foydalanish  masalalari 
bo’yicha ahdlashib olindi. I.Karimov va E.Shevernadze O’zbekiston va Gruziya o’rtasida 
hamkorlikni  kengaytirish  va  chuqurlashtirish  to’g’risidagi  Deklaratsiyani  imzoladilar. 
Shuningdek  O’zbekiston  bilan  Gruziya  o’rtasida  moliya-sanoat  guruhini  tuzish,  huquq-
tartibot,  pochta  aloqasi,  savdo,  soliq  bojxona  tizimi  kabi  15  ga  yaqin  hukumatlararo 
bitimlar imzolandi. 
O’zbekiston  bilan  Ozarbayjon  o’rtasida  davlatlararo  aloqalar  yo’lga  qo’yildi  va 
rivojlanib  bormoqda.  1996-yil  27-may  kuni  Islom  Karimov  boshliq  O’zbekiston  davlat 
delegatsiyasi Ozarbayjonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston bilan Ozarbayjon 
o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Ikki qardosh mamlakat 
o’rtasida  davlatlararo  aloqalar  yo’lga  qo’yildi.  Safar  chog’ida  O’zbekiston  bilan 
Ozarbayjon o’rtasida savdo-iqtisodiy soliq, bojxona, havo yo’li, avtomobil va temir yo’li 
aloqalari,  madaniy  va  boshqa  sohalardagi  aloqalarni  rivojlantirish  bo’yicha  20  ga  yaqin 
hukumatlararo  hujjatlar  imzolandi.  Ikki  davlat  rahbarlari  halqaro  Transkavkaz  yo’lini 
barpo etish, uning Ozarbayjondan o’tadigan qismini shakllantarish, O’zbekiston yuklarini 
Ozarbayjon  hududi  orqali  Yevropa  tomon  chiqarish,  Ozarbayjon  bandargohlarini 
ta’mirlash  masalalari  to’g’risida  kelishib  oldilar.  Ikki  mamlakat  tashqi  ishlar  vazirliklari 
o’rtasida o’zaro maslahatlashuvlar yo’lga qo’yildi. 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling