1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Download 0.61 Mb.
bet20/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

Adabiyot – so’zsan'ati.
Badiiyadabiyotnio’rganuvchifanadabiyotshunoslikdebataladi. Bufanningvazifalarivamazmunihaqidatasavvurhosilqilishuchundastavval “adabiyot” termininingmazmuninianiqlabolmoqlozim.
“Adabiyot” (ar.-adab-odobso’ziningko’plikshaklibo’lib, lug’aviyjihatdanyaxshixulqdemakdir) atamasiamaldakengvatorma'nolardaqo’llaniladi. Kengma'nodaqo’llanilganda“adabiyot” tushunchasidoirasigakitoblar, risolalar, maqolalarvaumuman, ko’pchilikningo’qishigamo’ljallabyozilganvanashrqilingan (bosmaxonakashfetilishidanavvalgidavrdaqo’lyozmaholdatarqalgan) asarlarkiradi. Adabiyot ayni choqda, turli sohalarga bo’linadi va turli nomlar bilan ataladi. Chunonchi, qishloq xo’jaligiga oid asarlar – “Qishloq xo’jaligi adabiyoti”, texnikaga doir asarlar – “Texnika adabiyoti”, tibbiyotga oid asarlar – “Tibbiyot adabiyoti”, siyosatga doir asarlar – “Siyosiy adabiyot”, so’z san'atiga oid asarlar – “badiiy adabiyot” deb yuritiladi va hokazo. “Adabiyot” atamasi tor, ya'ni maxsus ma'noda qo’llanilganda faqat badiiy asarlar (romanlar, povestlar, hikoyalar, ocherklar, she'rlar, balladalar, poemalar, qasidalar, dramalar, komediyalar, tragediyalar va boshqalar)gina nazarda tutiladi.
Ma'lumki, hozirgi paytda jahonning bir necha xalqlari tillarida, shu jumladan rus tilida “literatura”, o’zbek tilida esa “adabiyot” atamasi ishlatiladi.Har ikkala atama hozirgi davrda bir xil ma'noni anglatadi.Biroq bu ikki atama etimologik jihatdan ham, qo’llanilishi tarixi jihatdan ham bir-biridan ajralib turadi.
“Literatura” (frans. literature – yozma adabiyot) atamasi jahon fanida XVIII-XIX asrlarda paydo bo’lgan.Bu atamani Rossiyada birinchi bo’lib ilmiy asoslagan tanqidchi V.G.Belinskiydir. Rossiyada XIX asr o’rtalarigacha “literatura” o’rnida “poeziya” atamasi ishlatilgan. Maxsus va tor ma'nodagi “adabiyot” atamasi o’zbek tilida XX asr boshlarida qo’llanila boshlangan.
O’zbek tilida “adabiyot” atamasi kishilarga yaxshi xulq va umuman hayotni to’g’ri tushunish va to’g’ri yashashni o’rgatish maqsadida yozilgan asarlar ma'nosida qo’llanilgan. Shunga ko’ra, o’tmishda badiiy adabiyot bilan birga umuman ilmiy, tarixiy, axloqiy kitoblar ham “adabiyot” atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. O’rta asrlarda shunday asarlar ham yaratilganki, ularda so’z san'ati ilm-fan, axloq-odob masalalari bilan chatishib ketgan (“Qobusnoma”, “Qutadg’u bilig”, “Boburnoma” va boshq.).Shu xil asarlar ham adabiyot deb yuritilgan. Bundan tashqari, o’tmishda yaratilgan sof badiiy asarlar (“Shohnoma”, “Xamsa” va boshq.) ham yozilganki, bular ham “adabiyot” atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. Biroq o’tmishda “adabiyot” tushunchasi bo’lsa-da, uni ifodalovchi atamaning nomi yo’q edi. Bu atama o’rnida turli so’z va iboralar ishlatilgan. Chunonchi, she'riy asarlar “nazm”, “manzuma”, “abyot”, “she'r” deb va prozaik asarlar “nasr” (tizilmagan, tarqoq so’z) deb yuritilgan. O’tmishda she'riy to’plamlar uchun maxsus atamalar (“bayoz”, “devon” kabi) ishlatilgan-u, ammo she'riy va nasriy asarlar uchun maxsus atama (adabiyot) bo’lmagan yoki bo’lsa ham uni ishlatish odat tusiga kirmagan. XX asr boshlarida o’zbek ma'rifatparvarlari – Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar o’zlarining ba'zi badiiy asarlarini “adabiyot” deb atashgan. Asrimizning 20-yillarida “adabiyot” atamasini badiiy asarlarga nisbatan ishlatish odat tusiga kirgan. Mirmuhsin Shermuhamedov, Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa'diy va boshqalarning asarlarida “adabiyot” atamasi maxsus ma'noda qo’llanila boshlangan. Biroq “adabiyot” atamasining qaror topishi jiddiy izlanishlar, bahslashuvlar zaminida yuz bergan.Ba'zilar uni o’sha davrlarda qo’llanila boshlangan “yozuvchi” (“yozg’uvchi”) tushunchasiga moslab “yozg’ich” deb atashni tavsiya qilganlar.Biroq adabiy jamoatchilik bu atamani qabul qilmadi. Shu tariqa, adabiyotshunoslik ilmida “adabiyot” atamasi to’la qaror topgan.
Adabiyot – san'atning bir turi, so’z san'atidir. Badiiy adabiyot hayotni so’z orqali tasvir etadi. Adabiyotda hayotning muhim voqea-hodisalari, kishilarning o’ziga xos xislatlari, ruhiyati, orzu-umidlari, dardi, sir-asrorlari aks etadi. Shu tariqa, adabiyot turmushni o’rganish quroli bo’lib xizmat qiladi. Yozuvchi turmushni, fakt va hodisalarni o’rganadi, ulardan zarur xulosalar chiqaradi. Ana shu xulosalarni jonli obrazlar vositasida ifodalaydi. Demak, badiiy adabiyot dunyoni badiiy o’zlashtirishdan iboratdir.
Badiiy adabiyot, ayni paytda, dunyoni o’zgartirish quroli hamdir.Buyuk yozuvchilar jamiyatning olg’a intilishiga hamisha yordam berganlar.
Badiiy adabiyot o’quvchining hissiyoti va shuuriga kuchli ta'sir etadi. Umuman, badiiy adabiyotning ma'rifiy va estetik ahamiyati nihoyatda kattadir.
Adabiyot – jamiyat hayotining ko’zgusi.
Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi hamdir.U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. Shunga ko’ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e'tiqodlari ifodalangan bo’lsa, keyingi davrlarda islom ta'limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko’rinishi jamiyat hayotidagi keskin o’zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi.
Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma'lum. Ayni ana shu jarayon “To’maris” va “Shiroq” afsonalarida juda yorqin aks etgan.
Turkiy xalqlarning tabg’achlarga qarshi kurashi esa, O’rxun-Enasoy obidalarida juda ta'sirli ifodasini topgan.
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otu-turk” asarida qadimgi ajdodlarimizning turli-tuman mashg’ulotlari, urf-odatlari, yashash tarzlari, e'tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko’rish qiyin emas.
Xalqimiz qadimdan farzandlarining sog’lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo’lishini orzu qilgan, shunga intilgan.Qadimgi qo’shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto marsiyalarda ham ana shu holatlar o’z ifodasini topgan. Bu jihatdan Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg’uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa adiblarning nomlarini ko’rsatish mumkin.
O’zbek adabiyoti o’zbek xalqining o’zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o’ziga xos shakllanishi va taraqqiyot yo’li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish uchun uning tarixini puxta o’rganish zarur. Adabiyot tarixi so’z san'atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyandalari haqida ma'lumot beradi. Bu fan tufayli, qadimda yashab ijod etgan, buyuk adiblar yaratgan nodir asarlar, badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo’ladi.
O’zbeklar qadimgi turkiy xalqlarning ko’p sonli avlodlaridan biridir. Boshqacharoq aytadigan bo’lsak, qadimgi ajdodlarimiz turkiylar deb nomlangan.Shunga ko’ra, eng qadimgi davrlardan boshlab XI-XII asrlargacha bo’lgan davr oralig’ida yaratilgan adabiyot fanda qadimgi turkiy adabiyot nomi bilan yuritiladi.
Qadimgi ajdodlarimiz Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm, Parfiya, Marg’iyona, Choch, Parkana (Farg’ona) va boshqa joylarda yashaganlar. Yunon va Eron manbalarining ma'lumotlariga ko’ra, bu yerlarda yashaganlarni so’g’diylar, xorazmiylar, parfiyaliklar, marg’iyonaliklar, chochliklar, massagetlar, sak (shak) va parkanlar deb atashgan.
Oltoy atrofida, hozirgi Sibir hududlari ham turkiylar yashagan asosiy manzilgohlar bo’lgan.Manbalarda xunlar deb nom olgan xalqlar ham turkiylarning qadim ajdodlaridir.
Ajdodlarimiz turli vaqtlarda otashparastlik, masihiylik, buddaviylik, moniylik va islom diniga e'tiqod qilganlar.
Ular san'at, ayniqsa, badiiy ijodning olamshumul namunalarini yaratishgan.Ma'lumki, adabiyotning asosi, bosh, o’zak tomiri xalq og’zaki ijodidan boshlanadi.“To’maris”, “Shiroq” singari rivoyatlar eramizdan oldingi davrlarda yashagan turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan og’zaki ijod durdonalaridir. Eramizning V-VIII asrlarida paydo bo’lgan og’zaki ijodning boshqa namunalari: ertak, qo’shiq, marsiya, rivoyat, afsona, maqollar Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otu-turk” (1072 yil) asari orqali yetib kelgan va nodir namunalar sifatida hozir ham ardoqlidir. Ular orqali ko’plab adabiy janrlarning paydo bo’lishi, takomilini ham kuzatish mumkin.
Turkiy yozma adabiyotning bizgacha yetib kelgan ilk namunalari O’rxun-Enasoy bitiklari bilan bog’liq.Bu yodgorliklar eramizning VI-VIII asrlarida yaratilgan.Ular ilk tarixiy-badiiy asarlar sifatida qimmatli.Keyingi asrlarga kelib adabiyotimiz boy tajriba to’pladi. Bu davrda turkiy tilda yaratilgan ilk yirik yozma doston Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (“Saodatga yo’llovchi bilim”) (1069-1070 yil) asari yuzaga keldi. Yusuf Xos Hojib boshlab bergan dostonchilik an'anasi keyinchalik Ahmad Yugnakiy, Sayfi Saroyi, Qutb, Haydar Xorazmiy, Navoiy kabi shoirlar, adiblar ijodida davom ettirildi.
To’rtliklar, ruboiy, tuyuq, murabba', g’azal, qasida, masnaviy, noma kabi janrlarning o’zbek adabiyotidagi tarixi ham ancha qadimgi davrlarda shakllangan. Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi shoirlarimiz bu janrlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shishgan.
O’zbek nasrining tarixi ham qadimgi davrlardan boshlanadi. “Shiroq”, “To’maris” kabi rivoyatlarning asl matni saqlanib qolmagan. Ular yunon tarixchilarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan.
O’rxun-Enasoy obidalarida ham nasr izlari mavjud.Shuningdek, “Oltun yoruq” singari tarjima asarlari ham nasrda bitilgan.Shubhasiz, bu sohada Nosiruddin Rabg’uziyning (XIII-XIV asrlar) alohida o’rni bor. U “Qissas- ul anbiyo” (“Payg’ambarlar tarixi”) asari bilan o’zbek nasrini o’z davrida yuqori cho’qqiga olib chiqqan, deyish mumkin.
Eng qadimgi davrlardagi asarlarda qahramonlik asosiy o’rin tutgan bo’lsa, XI asrdan keyingi adabiyotda pand-nasihat, ya'ni ta'lim-tarbiyaviy xususiyatlar yetakchilik qiladi.Bu davr adabiyotining ta'limiy (didaktik) adabiyot deb nomlanishi ham shu tufaylidir.
Adabiyot – ruhiyat mulki.Birov “yaxshi epigramma yomon poemadan afzalroq” degan ekan. Men mutlaqo aminmanki, inson qanday bo’lishi kerak, qanday bo’lmasligi lozim ekanini, yozuvchi qalbining chuqur joylariga ko’rsatadigan ikki saxifalik chinakam proza biz uchun pala-partish, lekin ustaroq so’zlar bilan yozilgan “silliq” asardan ko’p darajada foydaliroqdir. Adabiyot haqida men bilgan gapning javhari mana shu.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling