1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Download 0.61 Mb.
bet21/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

Abdulla Qahhor
O’ylaymanki, Gamlet, Farhod, Don-Kixot, Oblomov singari obrazlar, inson xotirasiga tipik xarakter emas, asosan tipik muammo, abadiy savol sifatida mixlanib qolgan.
Chinakam badiiy asar hamma vaqt javobsiz savoldir.Bordiyu adib unda biror muammo ko’targan bo’lsa ham, bu amalda hal qilib bo’lmaydigan muammodir.Agar muallif amalda hal qilinadigan vazifa qo’ysa, bu, asosan, ocherk yoki maqola bo’ladi.Yozuvchi esa tashviqotchi emas, shoir bo’lishi kerak.
Asqad Muxtor
Adabiyot inson tuyg’ulariga, dardiga, hayot yo’liga kirib borishi kerak.Odam nima uchun shunday turmush kechiryapti? Inson hayotining mazmuni nima, u inson sifatida qanday xususiyatlarga ega, uning o’ziga xos tomonlari qanday?Asarda shular to’liqligicha aks ettirilishi shart.
Masalan, Viktor Gyugoning “Xo’rlanganlar” romanida Jan Voljan degan qahramon bor. Uning aybi – bor-yo’g’i qornini to’yg’azish uchun bitta bo’lka non o’g’irlagani.Shuning uchun u bir necha yilga surgun qilinadi.Lekin qahramon qochishga muvaffaq bo’ladi.Keyin esa umrbod “jinoyatchi” degan tamg’a ostida yashaydi.Birgina o’sha “o’g’rigina bola”ning hayot tarzi, tuyg’ulari, kechinmalari orqali yozuvchi butun bir jamiyatning “avra-astarini” ag’daradi.
Ozod Sharafiddinov
Adabiyot – insonning qaddini bukadigan emas, balki ko’taradigan fan. Qadimda Aristotel, adabiyot insonni poklaydi, degan g’oyani targ’ib qilgan edi. Buni poetika kitobida “katarsis”, ya'ni “poklanish” iborasi bilan ifodalanmoqchi bo’lgan.Bu ibora keyin juda ko’p bor munozaralar tug’dirgan, xususan Gyote uni qattiq yoqlab chiqqan edi.
Darhaqiqat, adabiyot – kishini yomon tuyg’ulardan tozalaguvchi, ruhini tiniqlashtiruvchidek bir ajoyib vazifani o’taydi.Biz buyuk asarlarni, kitoblarni o’qib, ulardagi ajoyib qahramonlarni yoqtirib qolamiz.Ba'zan berilib ketib, ularning hayotlariga aralashib ketamiz-u, nima bilandir ularga o’xshagimiz, ularning ezgu ishlaridan ibrat olgimiz kelib ketadi. O’zimizdagi ayrim qusurlarni anglab olamiz va ulardan poklana borishga harakat qilamiz. Bularning hammasi, asosan, ijobiy qahramon tufayli sodir bo’ladi.
Buyuk asarlarning har biriga murojaat etsak, shu holni kuzatishimiz mumkin.Xalq eposlaridagi ajoyib qahramonlar, ayniqsa, shunday fazilatlarga ega.Ergashtirib keta oluvchi qahramonlar haqida o’ylaganda, Alpomish, Tohir singari epos qahramonlar, Navoiyning “Farhod va Shirin”idagi Farhod bilan Shirin, Otabek kabi obrazlar ko’z oldimizga keladi.
Balzak bilan Stendal o’rtasida bo’lib o’tgan juda mashhur bahs esimga tushadi.Ma'lumki, Stendal qahramonlari hayotda murosachilikka bormaydigan kishilardir, Balzak qahramonlari esa hayotda barcha yo’l-yo’riqlarga ko’nikib ketaveradigan odamlar sirasiga kiradilar.Balzak hayotni bor holicha olib tasvirlaydi – “Insoniy komediya”ning tamoyili shu.Yozuvchining ijodiy uslubi ham shuni taqozo etadi.Stendal esa unday qilolmaydi.Uning qahramonlari Prometey xilidagi kishilar. Ular hayotda bosh egmaydilar, halok bo’lsalar ham yorug’ omol (ideal)larga sodiq qoladilar, ortga chekinmaydilar. Ular o’quvchida yorug’ taassurot qoldirish qudratiga ega. Mana shuni ergashtirish san'ati deyiladi.Stendalning ijobiy qahramonlari ana shunday kishilardir.Shu vajdan fransuz realizmi Frederiko Stendal nomi bilan boshlanadi.
Adabiyotning bosh tamoyili ham shundan iborat bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolaveradi. Hayotda hamisha Prometeylar kerak. Adabiyot esa hayotning in'ikosi!

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling