1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


MILLIY VA ZAMONAVIY BAYRAMLAR


Download 0.61 Mb.
bet47/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

MILLIY VA ZAMONAVIY BAYRAMLAR

Bayram — muhim tarixiy voqea, hodisa sharafiga shodlik, rasmiy tantana o’tkazish uchun belgilangan muborak kun. Bunday muborak kunlar xalq tomonidan quvonch, shodlik, tantana. O’yin-kulgi bilan kutib olingan, tantanavor nishonlangan.


Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan, ardoqlab-e'zozlaydigan o’ziga xos bayramlari, tantanalari, an'analari boladi. Bayramlar qadimgi davrlardan boshlab xalq hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylanib ketgan.
Bayramlarda xalqning qadimiy udumlari, an'analari, tarixi, madaniyati o’zining yorqin ifodasini topadi. Bayramlarda kishilarning diniy, ijtimoiy, madaniy, ma!naviy yutuqlan namoyish etiladi. Bayram arafasida, bayram kunlari kishilar bir-birlarini tabriklaydilar, bir-birlariga yaxshi niyatlar izhor etib, muvaffaqiyatlar tiiaydilar.
O’zbek xalqi eng qadimgi davrlardan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan. Shuning uchun ham xalq orasida Navro’z, gul sayli, ekin ekishga kirishish, qovun sayli, uzum sayli, hosil bayrami kabilar keng tus olgan. Keyinchalik islom dini bilan bog’liq Ramazon va Qurbon hayitlari ham keng nishonlanadigan bu’lgan.
Bugungi mustaqil O’zbekistonda bayramlar dam olish kuni deb e’lon qilingan. Quyidagi sanalar qonuniy bayram kunlari hisoblanadi: 1-yanvar Yangi yil, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navro’z, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 1-oktabr o’qituvchi va murabbiyiar kuni, 8-dekabr — Konstitutsiya kuni, Ramazon va Qurbon hayitlari hijriy hisobga ko’ra haryili o’n kun farq bilan nishonlanadi. Bulardan tashqari, mamlakatimizda 14-yanvar — respublika qurolli kuchlari kuni, 1-aprel — hazil-mutoyiba, kulgi va shodlik kuni, 1-iyun — bolalami himoya qilish kuni, 21-oktabr — o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana sifatida nishonlanib kelinadi.
Bayramlar ichida Navro’z va Yangi yilni bolalar ham, kattalar ham intizorlik bilan kutadilar. Bu bayramlarga imkon qadar jiddiy tayyorgarlik ko’rishadi.
Sharq xalqlari qadimdan Navro’zni Yangi yilning birinchi kuni sifatida keng nishonlab kelishgan. Navro’zda kecha bilan kunduz tenglashib, hayvonlar nomi bilan ataluvchi yil — muchal almashadi. Buyuk bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Nosiriddin Rabg’uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy va boshqalar Navro’zni bahor, uyg’onish, yoshlik, go’zallik bayrami sifatida tasvirlaganlar.
Navro’z bayramida uylar, hovli-joylar, choyxonalar, sayilgohlar, bozorlar, qabristonlar tozalangan. Daraxt va gul ko’chatlari ekilgan. Marhumlarning qabrlari ziyorat qilingan. Kishilar ota-onalari, qarindoshlari, do’stlari bilan diydorlashganlar. Bu kun xonadonlarda sumalak, yalpiz somsa, ko’k chuchvara, halim, go’ja, palov, g’ilmindi kabi tansiq taomlar, turllj shirinliklar pishirilgan. Qadimda ham Navro’zda kishilar bir-birlariga tortiqlar ulashganlar, urushlar to’xtagan, mahbuslar ozod etilgan, katta xalq sayillarif uyushtirilib, uloq, poyga, kurash musobaqalari o’tkazilgan.
Navro’zdan keyin dehqonchilik. Bog’dorchilik, chorvachilik ishiari jonlangan. Bu bayram barchani mehnat va ijodga chorlovchi baynalmilal bayramlardan biridir.
Rim imperatori Yuliy Sezar kalendari bo’yicha Yangi yilni nishonlash bizda bir asrdan ko’proq tarixga ega. Aslida bu bayram miloddan oldingi 46-yildan beri nishonlanib kelinadi. Uzoq vaqtlardan beri davom etib kelayotgan an'analarga muvofiq yangi yilni kutib olish uchun archa va u o’rnatilgan bino bezatiladi, rang-barang elektr chiroqchalari bilan o’raladi. Dasturxon yozilib, turli taomlar, shirinliklar bilan to’ldiriladi. Tantanaga qorbobo bilan qorqiz taklif etiladi. Bayram marosimi tungi soat 24 dan so’ng — yangi yil kirgach, yana davom ettiriladi.
Bayramiar kishiiar o’rtasida mehr-muhabbat, bir-biriga g’amxo’rlik, o’zaro hurmat-e'tiborni kuchaytirishda muhim ahamiyatga egadir.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling