1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-MAVZU: YETUK MUTAXASSIS.
AlisherNavoiy
* * *
Ko‘zlarimgakechatongotqunchauyqukelmadi. Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor, Keldi jon og‘zimg‘ayu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi. Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot, Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi. Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor, Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi. Ko‘zlaringdin necha su kelgay deb, o‘lturmang meni, Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi. Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam, Yo‘lg‘akim avval qadam ma’shuqi o‘tru kelmadi. Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin, Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi. * * *
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim. Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim. Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim. Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo, Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim. Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay, CHun vasliga o‘zumni sazovor topmadim. Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul, Nechaki borib eshigiga bor topmadim. Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men Istab jahonni muncha qilib yor topmadim. 20-MAVZU: YETUK MUTAXASSIS. Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog’liq... I.A.Karimov Pedagog mahoratining asosi va mohiyati. Avval pedagogik mahorat nimalarga bog’liqligiga qarab chiqaylik.Rus-tili lug’atida bu atama «qandaydir sohadagi yuqori san'atdir». Agar duradgorning qilgan ish natijasi faqat uning o’z faoliyatiga bog’liq bo’lsa, bu holat pedagog faoliyatida o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabatining mahsuli, deb qarash mumkin, bunda pedagog mahoratining asosini uning faoliyatining mahsuli deb qarash mumkin. A.S. Makarenko esa mahorat haqida «tarbiyaviy jarayonni bilish tarbiyaviy bilimdonlikdan iborat» deydi. A.I. Sherbakov esa «pedagogik mahorat»-bu o’qituvchining ilmiy bilishi, bilimdonligi, «metodik san'atining ko’nikmalari va uning shaxsiy sifatlarining yig’indisidan iborat» dir, deydi. Haqiqatda bunday sintez faqat pedagogik faoliyatda mavjud bo’ladi. N.V. Kuzmina mahoratni mutaxassisga o’zining kasbiy bilimlari, bilimdonligi va ko’nikmalari asosida holatni (faoliyat sharoitlari va ob'yektni) yaxshi o’rganib, hayotni kasbiy masalalarni bilish va ularni muvaffaqqiyatli amalga oshirishning yaxshi imkonidan iborat, deydi. Slastinin esa pedagog mahorati-bu pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini, shaxsiy-ish sifatlari va shaxs xususiyatlarining sintezidan-majmuidan iborat deydi. Xozyainov pedagogik adabiyotlarda keltirilgan kasbiy mahorat haqidagi ta'riflarni umumlashtirib, bu haqda u quyidagi holatlarni keltiradi: Uningcha, «pedagogik mahorat mohiyati» va «pedagogik mahorat asoslarini» ajratish zarur. Pedagogik mahorat asoslarini pedagogik mahoratni amalga oshiruvchining faoliyati yoki unga tayyorlanuvchiga; Pedagogik mahorat asosi pedagog-muallim faoliyatining mahorati va o’quvchilarning bu faoliyatdagi rolining yig’indisidan tashkil topadi; Pedagogik mahorat muallimning oliy o’quv yurtini tugatgandan so’ng asta-sekin to’planib, u real pedagogik faoliyat davrida asta-sekin yuzaga kela boshlaydi.Mahoratning paydo bo’lishi va o’sishida quyidagi kasbiy pedagogik bilimlar majmui yotadi; A) ta'limning maqsad asoslari; B) o’quvchilar ta'limining mazmuni va davlat ta'lim standartlari, talablari. V) har bir o’quvchining psixologik-pedagogik diagnostik ma'lumotlari va shuningdek, ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari. G) pedagogik faoliyatga tizimli yondoshuv asoslari, uning mazmuni, tuzilishi va mohiyatlari. D) o’qituvchining kerakli kasbiy zaruriy shaxsiy sifatlarini bilishi; E) hozirgi zamon pedagogik jarayon rivojlanishining asosiy tendentsiyalari. Bu ko’rsatilganlarning qaysi birlarining yo’qligi yoki rivojlanish darajasining yetarlicha yuqori bo’lmasligi o’qituvchining yuqori darajali mahorat hosil qilish imkonini bermaydi. Kasbiy-pedagogik bilimlar va ko’nikmalar umumiy holda quyidagilarni o’z ichiga olishi zarur: o’quv faoliyatining ob'yekti sifatida ta'lim mazmunini tanlash, didaktik tashkil etish va uzatish; o’quvchilar bilan muloqotda bo’lish; o’quv jarayonida rivojlantirish va tarbiyalashdan foydalanish, o’quvchilarda faoliyatning mazmunini o’zlashtirishni amalga oshirish; o’qituvchilik faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; pedagogik qobiliyatlarni va kasbga ahamiyatli sifatlarni rivojlantirish; butun tizimga to’la ravishda ta'sir ko’rsatuvchi qurollarni yaratuvchi pedagogik jarayonni tashkil etish. Bilish va ko’nikmalar pedagogik mahorat asoslarini tarkibiy qismini tashkil etgani va amaliy faoliyat mahsuli bo’lgani uchun ular istalgan kasbiy faoliyatda katta rol o’ynaydi. G.N.Kuzmina ta'kidlashicha, «Pedagogik mahorat» -bu inson tomonidan hosil qilingan qobiliyat bo’lib, u ma'lum faoliyatlar natijasida hosil qilingan bilimlar va ko’nikmalar asosida yaratiladi. Shunday qilib, pedagogning bilimlari, bilimdonligi va ko’nikmalari pedagogik mahoratning tashkiliy qismi bo’lib, ular ikki xil bo’lishi mumkin: A) kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlanish jarayonida qabul qilingan; B) kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida qabul qilingan. Sherbakov bo’yicha «Pedagogik mahorat» bu o’qituvchi shaxsining barcha ruhiy xususiyatlari, uning bilimlari, bilimdonligi va ko’nikmalari yig’indisining ifodasidan iborat. Bu kabi ta'riflarda shaxsning roli katta, albatta.U o’z bilimlari, bilimdonligi, ko’nikmalari o’zining shaxsiy sifatlari, ijodini ishga solib, o’quvchilar bilan birgalikdagi foaliyatini tashkil qiladi.Bu holda o’qituvchining shaxsiy xususiyati katta ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib pedagogning shakllanishi lozim bo’lgan pedagogik mahoratining asosini quyidagilar tashkil etadi:pedagog shaxsi, bilimlari va pedagogik tajribasi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling