1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Kasbiy faoliyatni takomillashtirish
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagog shaxsining kasbiy-pedagogik va ijtimoiy ahamiyatliligi
- Pedagog mahorati.
Kasbiy faoliyatni takomillashtirish.
-doimo bilim, malaka va bilimdonlikni takomillashtiradi. -doimo ishda yangilikni topishda intilishga va ijodga yo’naltiradi. -boshqa pedagoglar tajribasini o’rganadi. -shaxsiy ish tajribasini tahlil qiladi va umumlashtiradi. Pedagog shaxsining kasbiy-pedagogik va ijtimoiy ahamiyatliligi -kasbiy ahamiyatli shaxsiy sifatlarini va qimmatli munosabatlarning shakllanganligi. -pedagoglar orasidagi obro’ e'tibori; -o’quvchilar orasidagi obro’-e'tibori: -jamiyat ishlariga faol qatnashadi; -mazkur pedagog tajribalaridan boshqalarning foydalanishi. Pedagog mahorati. Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati-o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi.Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi. Mahorat-bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog- o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis. Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud.Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi. Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. «Bizning pedagogikaviy ishda hamma narsani oxir oqibat mahorat hal etadi»,- deydi Azarov. Aniq irsiy xususiyat sohibi bo’lgan talantli insongina haqiqiy usta-o’qituvchi bo’lishi mumkin, degan fikrlar mavjud.O’qituvchi bo’lib tug’ilmoq zarur.Deyarli barcha insonlar (ba'zilaridan qat'iy nazar) tabiat tomonidan tabiiy tarbiyachi sifatlarga ega bo’lib tug’iladi.Asosiy masala shundan iboratki, ularni pedagogik mahoratga o’rgatish zarur. «Talantli insonlarning tasodifiy taqsimotiga ishonishimiz mumkinmi? Bizlar talant hisobiga tarbiyani amalga oshirishimiz mumkinmi? Yo’q. Shuning uchun faqat mahorat to’grisida gapirish mumkin, ya'ni haqiqatda tarbiyaviy ishlarni biluvchi, tarbiyalay olish haqida gapirish mumkin. Mutaxassislik va bilishga asoslangan mahorat hamma masalalarni hal qila oladi»,- degan edi A.S. Makarenko. «Tarbiyachi o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyali va har doim u o’zining nimani xohlaganligini va nimani xohlamasligini bilishi zarur. Agar tarbiyachi buni bilmasa, u kimni tarbiyalay oladi»,- deydi A.S. Makarenko. O’qituvchining mahorati, har qanday sharoitlarda ham, kerakli darajadagi tarbiyalanganlik, rivojlanganlik va bilimdonlarni tarbiya qiluvchi o’quv jarayonini tashkil qila olishidan iborat. Haqiqiy o’qituvchi istalgan savolga to’gri javob topa biladi, talabaga o’ziga xos yo’l bilan yaqinlasha oladi, uni rag’batlantiruvchi fikrlar bilan uni o’ziga tortadi.Bunday o’qituvchi o’z predmetini chuqur biladi, asoslari o’qitilayotgan fanning rivojlanishi, kelajagini biladi, shular bilan birga zamonaviy adabiyotni, madaniyat va yangiliklarni, xalqaro xodisalarni tahlil qila oladi, u talabalari yaxshi ko’radigan ommabop jurnallarni o’qib boradi. Demak, usta-bu hozirgi zamon o’qitish metodlarini juda yaxshi biluvchi muallimdir. Muallimlik san'ati, ayniqsa, darslarda o’qitishni bilishdan iborat.Tajribali pedagog tinglovchilarning dasturiy materialni dars paytida o’zlashtirishlariga erishadi. Uning uchun uy ishi bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish usulidan iborat. Mahoratning yana bir asosiy ko’rsatkichi o’quvchilarni faollashtirish, ularning qobiliyatlarini, mustaqilligini va talabchanligini o’stirishdan iborat. Pedagogik mahoratning keyingi tashkil etuvchisi-bu tarbiyaviy ishni o’qitish jarayonida samarador o’tkaza olishi, o’quvchilarda yuqori ma'naviyat vatanparvarlik, mexnatsevarlik, mustaqillikni shakllantirishdan iborat. O’qituvchining vazifasi-o’quvchilarda o’qitish jarayonida, musbat his-tuyg’ularni ishlab chiqishga yo’l topa bilish.Bular oddiy usullar bo’lib: unga ish metodini o’zlashtirish, hissiy holatni yaratish, o’qituvchining faolligi, qiziq misollar keltirish, kuchli ma'noli tanbehlar va shu kabilardir. Bu kabi usullar nafaqat vaqtinchali muvaffaqqiyatni hosil qilmasdan ular o’qituvchiga hurmatni oshiradi, fanga turg’un va doimiy intilishni yuzaga keltiradi. Pedagogik mahoratning mohiyati-bu muallim shaxsiy madaniyati, bilimlari va dunyo qarashi, uning o’qitish va tarbiyalash usullarini yuqori ma'noda bilishi va yangi tajribalar va pedagogik texnika bo’yicha har tomonlama tayyorgarliklarining o’ziga xos qotishmasidir. Pedagogik mahoratning asosiy belgilaridan biri o’qituvchi pedagogik texnikasining yuqori darajasi hisoblanadi. O’qituvchi-usta pedagogik vositalarning barchasini bilgan holda ulardan optimal holatli loyihalashtirilgan holga yetkazuvchi eng arzon va samaradorini ajratib oladi. Pedagogik texnikaning egallanganlik darajasi pedagogik qobiliyatning tashkiliy qismidan iborat bo’lib, u pedagogika, psixologiya va alohida amaliy tayyorlanganlik bo’yicha chuqur bo’lishini talab qiladi. Pedagogik texnikaning tashkiliy qismi-tarbiyachining o’quvchilar e'tibori va o’zining e'tiborini boshqara olishidan iborat. Pedagogik texnikaning tashkiliy qismi bu pedagogik ta'sir-harakterlardagi tempni, tezkorlikni sezish. Pedagogik muloqot mahorati. Pedagogik muloqot-tarbiya maqsadlarida pedagog bilan tarbiyalanuvchilar orasidagi kontaktlardir. U pedagogning o’quvchilarga kasbiy ta'siridan iborat va u o’quv tarbiya faoliyatini va ular orasidagi munosabatlarni optimallashtirishga qaratilgan. Pedagogik muloqot texnikasi uchun nutq madaniyatiga ega bo’lish, to’gri nafas olishni ishlab chiqish eng katta-eng asosiy qiymatdir. Og’zaki nutq mahoratini yuksaltirish, nafaqat hikoya va tushuntirish, balki urg’u berilgan so’z ham pedagogik ta'sir usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi. Pedagog o’zining ovozini va ko’rinishini boshqarishni bilishi, tashqi qiyofani, mimikani ushlab turishni bilishi zarur. Men faqat «buyoqqa kel» ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan so’nggina haqiqiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko. Xodim Maqsadni qo’ya olishi va unga erishishni bilish. Vaqtni taqsimlashni bilish. O’z malakasini rejali va tizimini oshirish. Mexnat unumdorligini oshirishga yo’naltira olish. Bilimga qobiliyatlik. Har tomonlama bilimga ega bo’lish. Mexnatga xohishlik. Ishga berilganlik. Kollektiv bilan ishlashni bilish. Matonat, qat'iyat.Tartiblilik. Javobgarlik. Faollik. Ishlab chiqarish holatlarida ishni to’g’ri yo’naltira bilish. Ishni taqsimlashni bilish. O’ziga javobgarlikni olishga tayyorgarlik. Inson Yuqori odob-axloqiy sifatlar.Jamoat ishlarida faol qatnashish.Faol hayotiy o’rinni egallash.Hammaga va hamma vaqt shaxsiy o’rnaklik. Davlat qonunlariga hurmat.Milliy iftixor. Patriotizm.Vatanni himoya qilishga tayyorlik.Mustaxkam sog’lik. Sog’lom hayot tarzi. Gumantizm. Iloxiylik. Dinga aloqadorlik. Muloqotga moyillik. Ochiqlik. Axloq, odoblilik. Axloqli odam. O’z harakatlariga tanqidiy qarash. Xulosa.
Muallimning mahorati bu pedagogik jarayonning yuqori sifatlarini aniqlovchi shaxsiy ish sifatlari va shaxsiy xususiyatlarining sintezidan-yig’indisidan iborat. Shunday qilib, mahoratning barcha tomonlarini hisobga olib uni quyidagicha yakunlash maqsadga muvofiq. Mahorat, avvalo, pedagogning (muallimning) maxsus kasbiy salohiyatiga bog’liq bo’lganidan fizika, matematika, radiotexnika, informatika, televideniya kabi fanlarni o’qitish jarayonida ularning shakllari (ma'ruza, laboratoriya va seminar mashg’ulotlari)dan qat'iy nazar o’qituvchi talabalarda zaruriy bilim darajasini shakllantiradi va uni egallash qobiliyatlarini rivojlantirib, fanga hurmatni uyg’otish asosida ularni tarbiyalash jarayonini boshqarishdan iborat. TOPSHIRIQ N1 Baytlarni o'qing, she'riy gaplarni nasriy gaplarga aylan- tirib ko'ring. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling