1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Download 0.61 Mb.
bet51/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

Mening ish kunim
Men, Ahmad Ruzimbaev shu yili Qoraqalpoq davlat universiteting iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirdim. Mening hafta davomida bajaradigan ishlarim quyidagi tartibda amalga oshadi. CHunki rejali ish buzulmas deb xalqimiz bekorga aytmaydi.
Har kun soat 6 dan 30 daqiqa o‘tganda o‘rnimdan turib 20 daqiqa davomida badan tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanaman. Soat 7 da nonushta qilishga o‘rgataman. Nonushtada sut, murabbo, sariyog‘, non, qahva yoki choy ichishni yoqtiraman. Nonushtadan so‘ng soat 7 dan 30 daqiqa o‘tganda yo‘lga chiqaman. Darsga o‘rtoqlarim bilan ertalabki toza havoda piyoda boraman. Universitetda dars soat 800 da boshlanadi. Har kuni uch para dars o‘tamiz. Ba’zi kunlari to‘rt para dars bo‘lsa soat 14 dan 20 daqiqa o‘tganda o‘qish tulaydi. Uchinchi va to‘rtinchi darslar oralig‘ida tushlik uchun 40 diqiqa katta tanafus bo‘ladi. Bu vaqtda biz universitet talabalar oshxonasida tushlik qilib olamiz. Oshxonada milliy va boshqa taomlar juda shirin tayyorlanadi.
Kunning ikkinchi yarimida uyga kelib bir soat dam olaman. Keyin universitet ilmiy kutubxonasiz borib dars tayyorlayman. Haftada ikki kun – chorshanba va shanba kunlari darsdan so‘ng voleybol bo‘yicha tugarak mashg‘ulotiga qatnashaman.
Darslardan bo‘sh vaqtimda ota-anamga uy ishlarida ko‘maklashaman.
2-topshiriq. «Mening ish rejam» matnini davom ettiring:
- soat 630 da uyg‘onaman.
- 650 gacha badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanaman.
- soat 700 gacha yuz-qo‘limni yuvub nanushtaga o‘traman….

II. YOzma nutq o‘stirish. Matnni ifodali o‘qing.


3-mashq. Mehnat qilish odobi haqidaggi quyidagi nasihatlarga amal qiling va o‘z fikr-mulohozalaringizni yozma bayon qiling.
Har bir ishni halol bajarib, oxiriga etkazing. «Mendan ketguncha…» tariqasida ish qilmang, ishni qo‘l uchida qilishdan saqlaning, chunki bunday odamlarning xalq o‘rtasida obro‘-e’tibori bo‘lmaydi.
Qo‘lingdan kelmaydigan ishga aslo kirishma, bunday ishning oxiri xijolatchilik va beburdlik bilan tugaydi.
Ko‘pchilik bilan mehnat qilganda, o‘zingni orqaga tashlamang, yukingni birovga solmang, g‘iromlik va mug‘ombirlik qilmang.
Xalqimizning eng yaxshi fazilatlaridan biri hashar yo‘li bilan bir-biriga yordam berishdir. Agar hasharga taklif qilsalar, ilojingiz boricha, rad etmaslikka harakat qiling. O‘zingiz ham hashar qilib, yoru do‘stlaringizni taklif eting.
Mamlakat katta bir oilaga o‘xshaydi. Agar shu oilaning har bir a’zosi o‘z ishini mustahkam intizom bilan, mas’uliyat bilan qilsa shu oila rivoj topadi. Siz o‘z ishingizga puxta va kasbingizga usta bo‘lishni yoshligingizdan o‘rganib boring. Mehnatda ijodkor bo‘ling, ijodkor odamlar qadriga eting. CHunki ijodkor odamlar yangilik yaratadi, insonlar mehnatini engillashtiradi.
(Odobnoma).
4-mashq. O‘zbek xalq maqollaridan namunalar keltiring va uning ma’nosini sharhlang.
1. Mehnatning tagi rohat (maqol).
2. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik. (maqol).
Masalan. «Oz ishla, soz ishla» maqolini quyidagicha sharhlash mumkin:
Namuna: Kunlardan bir kuni mustakabbir o‘rgimchak ipak qurtiga: «Men senga juda achinaman, bir ozgina ipak uchun shoshmasdan ishlab ko‘p vaqt sarf etasan. Mana, menga qara, tez-tez ishlab ozgina vaqt ichida bu devorning boshdan oxirigacha to‘r o‘rab chiqaraman. Menga o‘xshab shoshib-pishib tezroq to‘r o‘rasang bo‘lmaydimi?», - dedi.
Ipak qurti unga: «to‘g‘ri ishda sifat, tezlik kerak, lekin sen singari apil-tapil ishlashdan foyda chiqmaydi, shuning uchun to‘ring hech qimmatga ega emas, mening to‘rim esa juda qimmatli», - degan ekan.
Qissadan hissa shuki, shoshma-shosharlik bilan ishlashdan hech qanday faydo bo‘lmaydi. Ishning soniga emas, sifatiga diqqat qilish lozim. «Oz ishla, soz ishla» deb bekor aytmaganlar.
5-mashq. Quyidagi matnni ifodali o‘qing vash u mandagi soda va qo‘shma gaplarni ajratib yozing.
Vaqting ketdi – baxting ketdi
Kunlardan bir kun donishmandan: «Siz umringizda hech xato qildingizmi?» - deb so‘rabdilar. «Qilganman, - debdi donishmand. Uch marta xazinamni yo‘qatdim. Avval ne mashqqat bilan to‘plagan boyliklarimni yo‘qatdim. Lekin bunda men aybdor emasdim, halol mehnat qilib yana boylik to‘pladim. Keyin yana bir do‘stimni yo‘qotdim. Yo‘q, uni vafot etgan deb uylamang, u haqiqiy do‘st emas, boshimga tashvish tushganda tashlab ketdi, dustligimizga xiyonat qildi. Buning uchun ham men aybdor emasdim. Modamiki, senga xiyonat qilgan ekan, u haqiqiy do‘st bo‘la olmaydi, deb o‘zimni yupatdim. Keyin boshqa chinakkam do‘st topdim. Ammo bu orada shunday bir xazinamni yo‘qatdimki, buning uchun o‘zimni hech kechira olmayman. Men uni o‘z qo‘lim bilan yo‘katib quydim. Bu bekor o‘tgan kunlarim. Bekor kechgan oylarim, bekor o‘tgan yillarim. Mana shu xazinamniendi hech qachon topolmayman. Agar, yangidan tug‘ilganimda edi, o‘sha o‘tgan damlarimni ham foydali ishlarga – o‘qishga, mehnatga sarflagan bo‘lardim…» (rivoyat).
6-mashq. «Dam olish kunim» mavzusida yaratadigan matningizning rejasini tuzing. Sodda va qo‘shma gaplar ishtirok etgan ommaviy matn yarating. Taxminan quyidagi savollarga javob bering:
1. Siz dam olish kuni sifatida qaysi kunni tan olasiz?
2. O‘sha kuni qanday ishlar bilan band bo‘lasiz?
3. Dam olish kunining qiziqarli bo‘lishi uchun nimalar qilasiz?
4. Uni kimlar bilan qaerlarda o‘tqazishni yaxshi ko‘rasiz?
5. Dam olish kunlari sizning xotrangizda saqlanib qolgan qizqarli qanday vaqealarni bilasiz?

III. Nazariy ma’lumot berish: Ommabop matn yaratish, matndagi soda va qo‘shma gaplarni tahlil qilish.


Til imkoniyati, matn esa natijadir, til umumiyligi, matn xususiyligi bilan farqlanadi. Lekin ommabop matnlar hammaga tushunarligi bilan ajralib turadi. SHunday ekan ommabop matnning sintaktik tuzilishi ham o‘ziga xosdir. YA’ni unda soda va qo‘shma gaplarning quyidagi turlari keng qo‘llaniladi.
Sodda gaplardan soda yoyiq gaplar ko‘p uchrasa, qo‘shma gaplardan teng va tobeli munosabatga kirishgan turlari ko‘p qo‘llaniladi.
Gap – kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi, ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lgan so‘z yoki so‘z lar qo‘shilmasi. U biror voqea-hodisa haqidagi xabar, so‘roq, buyruq yoki istakni bildiradi. Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma’no tomonidan, ham grammatik tomondan bog‘lanadi. Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi. Ohang va kesimlik gap uchun eng muhim belgilardandir. YOzma nutqda anna shu ohangga qarab har bir gap oxiriga nuqta, so‘roq, indov yoki ko‘p nuqta qo‘yilishi mumkin.
Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Darak gap – Bahor keldi. 2. So‘roq gaplar – Sen bahorni sog‘inmadingmi? 3. Buyruq gaplar – tezroq etib kelmaysizmi! kabi.
Qo‘shma gaplar ikki va undan ortiq soda gapning birikuvidan tuziladi. Qo‘shma gap tarkibidagi gaplar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. Ular mazmunan bir-biriga bog‘liq bo‘ladi: Qor yog‘di, kunlar soviy boshladi.
2. Qo‘shma gap tarkibidagi har bir gapning ega va kesimlari bo‘lishi kerak: Tirishib o‘qisang, ko‘p narsani tilasan.
3. Qo‘shma ishlarning har biridan keyin tugallangan ohang bo‘lishi lozim. Suv keldi – nur keldi (maqol).
Demak, qo‘shma gaplar ikki yoki undan ortiq gaplarning ma’no va grammatik xususiyati va antonatsiyaga ko‘ra tirikishidan tashkil topar ekan.
Qo‘shma gap qismlari orasida tenglanish va tobelanish munosabati mavjud. SHunga ko‘ra ularning tenglanish munosabatidan bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar hosil bo‘ladi. Masalan: O‘qituvchi keldi, dars boshlandi (bog‘lovchisiz). O‘qituvchi keldi va dars boshlandi (bog‘lovchili) qo‘shma gaplar. Agar ular orasida tobelanish yuzaga kelsa, ergashgan qo‘shma gaplar hosil bo‘ladi. Masalan: O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi (shart ergash gap). O‘qituvchi keldi-yu, dars boshlandi (payt ergash gap). Ular o‘zaro hokim – tobeli munosabatga kirishgan bo‘lib, bosh va ergash gaplardan iborat bo‘ladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling