1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
Jaloliddin Manguberdi
(1198-1231) Jaloliddin Manguberdi xorazmshohlardan Aloviddin Muhammadning to‘ңgich o‘g‘li edi. Uning burnida xoli (mank) bo‘lganligi uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib «Manguberdi» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardolik qobiliyatlarini namoyshi etgan. Jaloliddin voyaga etgach, otasi uni G‘azna viloyatiga hokim etib taynlangan. Mug‘ul qo‘shinlari Movarounahrga bostirib kirib, birin ketin shaharlarni egallay boshlagach, vahimaga tushib qolgan Xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizining kimsasiz oralida panoh topadi va og‘ir betob bo‘lib yotib qoladi. SHunday vaziyatda podshoh o‘g‘illarini va mulozimlarini yoniga chorlab, so‘nggi damda o‘z o‘rniga Jaloliddin Manguberdini podshoh etib tayinlaydi. (1220 y). Jaloliddin ukalari Oqshoh va O‘zloqshoh bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Jaloliddinning podshoh bo‘lishini istamagan kuchlar Jaloliddinga qarshisuyqasd uyushtirmoqchi bo‘ladilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Memur Malik boshchiligidagi uch yuz suvoriy bilan Gurganjni tark etib, Xurosonga yo‘l oladi. Hal qiluvchi jangda CHingizxon Jaloliddin Manguberdini engadi. CHingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdining daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oladi. Mag‘lubiyatga uchragan sulton Jalolitdin to‘rt ming jangchisi bilan daryoning nargi sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketadi. Bu jangda Sultonning ancha odami o‘ldi, 7-8 yoshlardagi o‘g‘lini mo‘g‘ullar asr oladilar. Oila a’zolarining qolganlari halok bo‘ladilar. CHingizxon dushmani bo‘lsa-da Jaloliddinning jasoratiga qoil qolib, o‘z o‘g‘illariga qorata: «Ota o‘g‘il manna shunday bo‘lishi kerak», - degan ekan. CHingizxon, uning o‘g‘illari va no‘yonlari ko‘p yillar Jaloliddin bilan kurash olib borishga to‘g‘ri keladi. Jaloliddin Manguberdi 1231-yilgacha goh Movarounnahr, goh Afg‘on, gohHindiston, goh Eron, goh Kavkaz ortida paydo bo‘lib, erk ozodlik uchun mo‘g‘ullarga qarshi tinim bilmay kurashdi. U zafar quchdi, mag‘lubiyat alamini tortdi, ammo engilmadi. Sulton Jaloliddin Manguberdi 1231-yili avgust oida Ozerbayjon hududida Kurdiston tog‘larida halok bo‘ladi. SHu tariqa xorezmshohlar davlati barham topadi. Hukumatimiz Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan misilsiz jasorati, vatanga o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida «Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash hadida» qaror qabul qildi. (1998 y.) Qararga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatildi. Kucha va maydonlarga nomi berildi. Mamlakatimizning oliy harbiy mukofotlaridan biri – «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi. (2000 y. 30-avgust). (Buyuk ajdodlarimiz) 2-mashq. 1-topshiriq. Turkiy xalqlar tarixida qanday mard va jasur buyuk siymolar o‘tganliklari haqida gapirib bering. 2-topshiriq. Tumaris, CHiroq, Spetamenlarning mard va qahramonliklari haqida nimalarni bilasiz? II. YOzma nutq o‘stirish. 3-mashq. 1-topshiriq. O‘zining yashayotgan respublika yoki viloyatlarda qanday buyuk siymolar o‘tganligi haqida kichik matn yarating. 2-topshiriq. Qishloq, shahar yoki viloyatingizda qanday mard, jasur va mehnatsevar insonlar o‘tgan. SHulardan biri haqida kichik hikoya tuzing. 4-mashq. O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov hayoti va ijodini yorting. 5-mashq. Qoraqalpog‘istonda istiqomat qiladigan «O‘zbekiston Qahramonlaridan» qaysi yozuvchi va shoirlarni bilasiz? SHulardan biri haqida yozma matn tayyorlang. 6-mashq. «Mangulik monumenti» qarshisida nomli dialogik matn tayyorlang. 7-mashq. O‘zbek xalq qahramonlaridan birining rasmi asosida ijodiyy bayon yozing. III. Nazariy ma’lumot. Kurs ishi (loyhasi) muayyan kursning aniq bir mavzusi asosida tayyorlanadigan, o‘zida ilmiy-tadqiqot unchurlarini mujassamlashtirgan talabalar mustaqil ishidir. U tuzilishi jihatidan bitiruv malakaviy ishi kabilardan farq qiladi. Kurs ishi kirish, asosiy qism va xulosa hamda faydolangan adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ayrim kurs ishlar tadqiqot ob’ekti xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha qismlarga ham ega bo‘lishi ham mumkin. Jumladan, kurs ishiga izohli lug‘at, rasm, slayd, chizilma kabi hujjatlar ilova qilinadi. SHuningdek, kurs ishi mavzusiga doir yangi ma’lumot beruvchi fotoaudio materiallar ham havola etilishi mumkin. Kurs ishlarida tahlilga tortilgan xrestomatikyoki ilmiy materiallar mavzu talablaridan kelib chiqqan holda tadqiq qilinadi. Talaba bu jarayonda adabiyotlar ustida ishlash, ulardan konspekt va tezis olish malakasini egalaydi. Hajm va mazmun jahatidan katta bo‘lgan materiallardan zarurlarini tanlab olish yo‘llarini o‘zlashtiradilar va ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish, ma’lum bir muammolar yuzasidan mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmasini hosil qiladi. Natijada talaba o‘z bilimlari to‘g‘risida aniq bir tasavvurga ega bo‘ladi. Ularda muayyan masalaga chuqurroq kirib borish, mantiqiy, izchil ravishda mulohaza yuritish va uni yozma shaklda ifodalash kabi mutaxassis uchun eng zarur bo‘lgan sifatlar takomillashtiriladi. Bu esa talabaning ilmiy dunyoqarashini shakillantirishda muhim omil bo‘lgan matnni ilmiy-badiiy his qilish tuyg‘usini rivojlantiradi. Xullas, kurs ishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – talabalarda ilmiy-badiiy materiallarni mustaqil o‘rganish, tahlil qilish va nazariy tomondan o‘zlashtirish, umumlashtirish, biror asar ustida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish va takomillashtirishdir. Kurs ishlari oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejasi talabi bilan bajariladigan ilmiy-metodik o‘quv ishlardan o‘zining mavzu qamrovi va ishning hajmi bilan ajralib turadi. Gumanitar fanlar, xususan o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan yoziladigan kurs ishlar ko‘lami qo‘lyozma (mashinka)da 16-20 bet atrofida bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling