1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet11/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Retseptlarni saqlash. Retseptlar maxsus seyflarda yoki metallshkaflarda saqlanadi. Ishlatilgan giyohvandlik vositalari uchun berilgan retseptlar qayd qilingan, muhrlangan oy va yil bo‘yicha shnurlangan maxsus seyflarda saqlanishi kerak.
Retseptlarning saqlanish muddatlari:
  • imtiyozli berilgan dori vositalari — 3 yil;


  • giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar uchun —5 yil;


  • kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli dori vositalari — apomorfin gidroxlorid, atropin sulfat, gomatropin gidrobromid, dikain, kumush nitrat, paxikarpin gidroyodid, etil spirti, anabolik gor- monlar uchun — 1 yil.


Saqlanish muddatlari tugagan retseptlar komissiya tomoni- dan dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.


Anabolik ta’sirga ega gormonlar, shu jumladan, steroid gormonlar, trankvilizatorlar, antidepressiv moddalar, neyrolep- tiklar, 8-oksixinolin saqlagan dori vositalari va antigistamin vositalarga berilgan retseptlar «Dori berilgan» shtampi bilan bosiladi. Ularni yana qaytadan olish uchun yangi retsept lozim bo‘ladi.
Dorixonalardan retsept asosida bepul yoki imtiyozli dori vositalarini ambulatoriya sharoitida davolanuvchi fuqaroni faqat davlat tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasasi shifokori berishi mumkin.
Yana imtiyozli dori vositalarini mustaqil berish huquqi quyidagi shifokorlarga berilgan:
  • ambulatoriya poliklinika shifokorlariga;


  • sog‘liqni saqlash hududiy organ boshqarmasi bilan keli- shuvga asosan amaliyotdagi shifokorlarga;


  • mustaqil qabul qiluvchi feldsher yoki akusherlarga;


  • qishloq davolash-profilaktika muassasasida shifokor bo‘l- maganda;


  • mustaqil qabul qiluvchi tish shifokorlariga.


Imtiyozli retseptlar davolovchi shifokor tomonidan quyidagi dori vositalariga yoziladi:


  • psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli, anabolik gormon- larga;


  • onkologik yoki gematologik kasal bo‘lgan bemorlarga giyoh- vandlik vositalari.


Miqdoriy hisobda turuvchi yoki imtiyozli dori vositalariretsept blankiga bitta turdagi dori vositalari yoziladi. Retsept blankini to‘ldirish vaqtida shifokor dori vositasi uchun to‘lov turini ko‘rsatishi kerak.


Retseptda davolovchi shifokorning telefon raqami bo‘lishi shart, chunki retseptda ko‘rsatilgan dori vositalari dorixonada mavjud bo‘lmasa, u holda dorixona xodimi shifokor bilan telefon orqali maslahatlashib, ko‘rsatilgan dori vositasidan boshqa sinonimini taklif qilishi mumkin bo‘ladi.
Agar kerakli imtiyozli dori vositalari yoki ularning sinonimi dorixonada bo‘lmasa, u holda bemor (nogiron va urush qatnash- chilari, 80 yoshdan oshgan keksa fuqarolar hamda qiyin qo‘zg‘alib yuruvchi odam)larga telefon orqali yoki pochta orqali xabar beriladi.
Bu haqda imtiyozli dori oladigan bemorning imtiyozli dori berish xaritasiga belgi qo‘yiladi. Imtiyozli retseptning ta’sir muddati — 30 kun; giyohvand va psixotrop dorilarga — 10 kun, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalar, dori moddalari: apo-morfin gidroxlorid, kumush nitrat, atropin sulfat, gomatropingidrobromid, dikain, paxikarpin gidroyodid, anabolik gormon-larga — 10 kun belgilangan.



Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling