1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, dorixonalarning asosiy vazifalari aholini, davolash-proflaktika muassasalarini va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog‘chalari hamda ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy sanitariya qismlarini dori vositalari, sanitariya-gigiyena buyumlari, dezinfeksiya vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishdan iborat. Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar, bog‘lash va tikish materiallari, shprislar, qon va infuzion erit- malar quyishga mo‘ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarish- lashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallar kiradi.
tibbiyot xodimlarining o‘rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g‘risida ma’lumot berish, birorta dori vositasi bo‘lmay qolganda uning o‘mini bosuvchi boshqa dori vositasini taklif qilish, bu dorilarni ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to‘g‘risida obyektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini o‘tkazadilar; ayrim hollarda o‘zlarida vaqtincha yo‘q dori vositalarini, boshqa dorixonalarda mavjud ekanligini aytib, uning manzili bemorga tushuntirib beriladi; dorivor o‘simliklarning xomashyosini terish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlarga ularga biriktirilgan dorixona shoxobchalarini ham jalb etadilar; dorixonalarda sanitariya-gigiyena talablari asosida tegishli boshqaruv ishlarini amalga oshiradilar; zarur bo‘lib qolgan taqdirda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishlari zarur. Shuningdek, dorixonalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, zarur bo‘lib qolganda aholiga dori vositalari bilan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida o‘zining dorixona shoxobchalarini ochishi mumkin. Dorixonalar iqtisodiy ko‘rsatkichlari mulkchilik shakli, ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga qarab, yuqorida qayd etilganidek, aksiyadorlik,jamoa hamda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy dorixonalar va shifoxona dorixonalariga bo‘linadi. Bu dorixonalarning faoliyat turlari esa dorixona ochish tartib-qoidalari to‘g‘risidagi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i asosidagi litsen- ziya berish hay’ati tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling