1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlash va sifatini nazorat qilish ishlarini tashkil qilish
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlash va sifatini nazorat qilish ishlarini tashkil qilish
Bozor iqtisodiyoti siyosati olib borilayotgan, dorixonalarning salmoqli qismi xususiylashtirilayotgan sharoitda ularning sani- tariya-gigiyena me’yor va qoidalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, dorixonalarning asosiy vazifalari dori vositalarini sifatli tayyorlash, aholini, davolash-profilaktika muassasalarini, poliklinika va ambulatoriyalarni dori vositalari bilan ta’minlash, aholining kundalik dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Aholini va turli davolash-proflaktika muassasalarini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash ko‘p jihatdan dori vositasini tayyorlay- digan shaxslarning bilim-saviyasiga, ular tomonidan maxsus tartib, qoida va qonunlar to‘la-to‘kis bajarilishiga bog‘liqdir. Dori vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan dorixona- larda, odatda, uch guruh xonalar bo‘ladi: Ishlab chiqarish xonalari. Dori xarid qilish uchun keladigan shaxslarni kutish xonasi (savdo zali), retseptlarni qabul qilish bo‘limi, dori vositalarini tayyorlash — assistentlar xonasi, dori vositasi uchun ishlatiladigan idishlarning yuvish xonasi, dori vositalarini saqlash xonalari, sterillash xonasi, farmatsevt-tahlil xonasi, dorilarni qadoqlash xonalari. Xizmat qilish va xo‘jalik ishlari uchun xonalar, dorixona mudirining xonasi, xodimlarning kiyinish xonalari, hojatxona va h.k. Yordamchi xo‘jalikka oid xonalar: shisha idishlar saqla- nadigan xona, taralar, yoqilg‘i, hidli dori vositalari uchun, dezinfeksiya moddalari uchun xonalar, garaj va boshqa xonalar. Dorixonalarda dori vositalari, asosan, assistentlar xonasida tayyorlanadi. Assistentlar xonasi dori vositalarini tayyorlovch farmatsevt-texnolog va farmatsevt-assistentlarning mehnatlarini yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish maqsadida meh- natni ilmiy asosda tashkil etish qoidalariga mos, yetarli ish joyiga mo‘ljallangan assistentlar stollari bilan jihozlanadi. Bu assistentlar stollarida tayyorlanadigan dori vositalarining turlariga (kukunlar, suyuq dorilar va h.k.) ko‘ra, alohida ish joylari ajratiladi. Bu stollarda suyuq dori vositalarini, kukunlarni, surtmalarni tayyorlash, nazorat o‘tkazish uchun, qadoqlash ishlarini bajarish uchun alohida ish joylari bo‘lishi lozim. Ular dori vositalarini tayyorlash uchun zaruriy bo‘lgan kichik mexanizatsiya vositalari va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi. O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2004-yil 30-iyunda «Dori- xona muassasalarining moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalari, boshqa texnik vositalari va xodimlariga bo‘lgan talablar asosiy holatlar tarmoq standartini tasdiqlash haqida»gi 304-buyruqqa binoan tasdiqlandi. Mazkur tarmoq standarti «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi, Dori vositalari tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, Toshkent farmatsevtika institute tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu standart mulkchilik shaklidan qat’i nazar, chakana, ulguiji savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha dorixonalar uchun majburiydir. Standartda kirish, termin va atamalar, umumiy holatlar, dorixona muassasalarining xonalari hamda ularning jihozlanishi, dori vositalarini qabul qilishga qo‘yiladigan talablar, dori vositalarini saqlashga qo‘yiladigan talablar, hisob va hisobot ishlari, dorixona xodimlariga bo‘lgan talablar, dorixona faoliyatini tashkil etish, dorixona muassasasini tugatish bo‘yicha ma’lu- motlar berilgan. San PiN N° 0243-07 — bu tayyor dori vositalarini sotishda dorixona qurilishidagi sanitariya qoidalari va me’yorlari aks ettirilgan rasmiy hujjat. Ushbu hujjat besh bo‘limdan iborat: 1-bo‘lim — umumiy holatlar. 2-bo‘lim — dorixona joylashishi va qurilishiga qo‘yiladigan talablar. 3-bo‘lim — dorixonaningjihozlanishi va xonalariga bo‘lgan talablar. 4-bo‘lim — dorixona xonalarining sanitar qurilishiga bo‘lgan talablar. 5-bo‘lim — dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi va xonalarni tozalashdagi qo‘yiladigan talablar. Hozirgi kunda San PiN 0243-07 ishlab chiqilgan, undan avval, ya’ni 1998-yilda esa dorixonalar uchun umumiy San PiN 0078-98 ishlangan edi. Dorixona o‘z faoliyatini farmatsevtika faoliyatiga berilgan litsenziya asosida olib boradi. Farmatsevtika faoliyatini litsen- ziyalash ishlari O‘zRSSVning 2012-yil 30-martdagi 85-buyrug‘I va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. Dorixonada tayyorlanadigan dori vositalarining sifati standart talablariga mos bo‘lishi eng dolzarb masalalardan biridir. Bunga erishish mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri — tayyorlangan dori vositalarining sifatini ta’minlash va nazorat qilish. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 29-dekabrdagi 583-buyrug‘i «Dorixona muassasalarida tayyor langan dori turlarining sifatini baholash bo‘yicha qo‘llanma»ni tasdiqlash to‘g‘risidadir. Ushbu qo‘llanma dorixona muassa- salarida tayyorlanadigan, qadoqlanadigan dori turlarining sifatini baholash va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan og‘ish me’yorla- rini belgilaydi hamda dorixona muassasalarida ko‘rsatma sifatida foydalaniladi. Dorixonalarda dori vositalarining sifatini nazorat qilish ishlarini olib borish uchun nazorat-tahlil xonalari tashkil etiladi. Nazorat-tahlil xonalarida stollar bo‘lib, ular kerakli tartibda jihozlanishi shart. Stollar oldida aylanma vertushkalar, ularda esa shtanglaslar va kerakli reaktivlar bo‘ladi. Stollarda buretkalar va zarur bo‘lgan eritmalar turishi shart. Bundan tashqari, davlat farmakopeyasining oxirgi nashri va boshqa me’yoriy hujjatlari bo‘lishi lozim. Dorixonada tayyorlangan dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi farmatsevt-tahlilchi, farmatsevt-texnologlarning huquq va burchlari: dorixonada tayyorlangan dorilarning sifatini nazorat qilish; dori vositalaridan bo‘shagan shtanglaslarni o‘zi vaqtida to‘ldirib turish; assistentlar xonasida dori vositalarining amaldagi belgilangan qoidalarga binoan to‘g‘ri saqlanishini ta’minlab turish; qadoqlovchilarning ish jarayonlariga rahbarlik qilish; qadoqlovchilarning o‘rtalaridagi vazifalarini taqsimlab berish. Dorixonada tayyorlangan dorilar sifatini oshirishni ta’min- laydigan quyidagi omillarga alohida e’tibor berish kerak: dori vositalarini qabul qilish jarayonida ularni diqqat bilan tekshirib, sifat yuzasidan shubha tug‘ilsa, nazorat-tahlil labora- toriyasiga yuborish; amaldagi buyruqlar, talablarga muvofiq dorixonada sanitariya va farmatsevtika tartiblariga rioya qilish; ishlab chiqarishda ishlatiladigan apparat, asbob-uskuna- larning aniq, to‘g‘ri ishlashini ta’minlash; dorixonada dori vositalarining lizik-kimyoviy xossalarini, yaroqlilik muddatini e’tiborga olib, muayyan shart-sharoitlarda saqlash (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 10-martdagi «Dori vositalari tibbiyot buyumlarining yaroqlilik muddati to‘g‘risida»gi 109-buyrug‘i); dori moddalari bilan to‘ldirilgan shtanglaslardagi yorliqlarda tegishli yozuvlarning bo‘lishini nazorat qilish; dorixonada kelib tushgan retseptlarni yoki talabnomalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish va dorilarni tayyorlash texnologiyasi qoidalariga amal qilish kabilardir. Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalari, tez buziluvchi va turg‘un bo‘lmagan preparatlar, konsentratlar, yarimfabrikati birinchi ingrediyentning nomini aytadi. Boshqa murakkab dori aralashmalarida esa farmatsevt ingrediyentlarining nomi va miqdorini esida qolgani bo‘yicha ko‘rsatadi. Ushbu nazorat turi ayrim dori vositalarida o‘tkaziladi. Og‘zaki nazorat 5 ta dori shakli tayyorlanib bo‘lingach olib boriladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling