1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet15/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Aseptik blok. Inyeksion eritmalar va steril dori shakllari, ko‘z tomchilari, chaqaloqlar uchun dorilar va h.k. tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Uning tarkibiga o‘tkazuvchi shluz, aseptic va sterillash xonalari kiradi. O‘tkazuvchi shluz aseptik xonaga kirishda joylashtiriladi. Bu yerda elektr quritgich (sochiq), bakteritsid nurlatgich, maxsus kiyim uchunjavon, rakovina bo‘lishi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda sterillash xonasiga kirish aseptik xonasidan bo‘lib, eshigi aseptic xonaning ichiga ochilishi zarur. Aseptik xonasining jihozlari u yerdagi ish hajmiga qarab tanlab olinadi.
Albatta, laboratoriya stollari, tibbiyot javonlari, «A» ro‘yxati- dagi dori vositalari uchun javon, filtrlash apparatlari, bakteritsid nurlatgich, eritmalar tozaligining mexanik ifloslanishini tekshirish
uchun asbob, eritmalar uchun aralashtirgich, bug‘li va havoli sterilizatorlar. Aseptik blokdagi xonalarga yuqori darajali talablar qo‘yiladi. Xona devorlari shipgacha chinni plitkalar bilan terilgan
yoki namlikka mustahkam bo‘lgan och rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan bo‘lishi shart. Aseptik xonasining derazalari mahkam yopilib, faqat ta’mirlash vaqtida ochiladi. Aseptik blok havo tortish ventilatsiyasi bilan jihozlanadi.
Aseptik blokni smenada kamida 1 marta yuvib tozalanadi. Haftasida 1 marta tozalash, yuvish ishlari va dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Bakteritsid nurlatgichni yoqishdan oldin jihozlar dezinfeksiya qilinadi, devor, eshiklar yuviladi. Aseptik blokka kirishda dezinfeksiya eritmasi bilan namlangan rezina gilamcha solinadi.
Assistentlar, analitiklar va distillatsiya xonalari bir-biriga yaqin joylashtirilishi kerak. Aseptik majmua xonalari texnologik jarayon bosqichlari bilan mos ravishda, bevosita bog‘liqlikni ta’minlashi darkor. Ishlab chiqarish xonalarining devor va shiplari dizenfeksiya vositalari bilan nam lattada artilishi zarur. Pollar linoleum yoki keramik plitkalar bilan qoplanishi lozim.
Aseptik sharoitda dorilar tayyorlash xonasi. Aseptik sharoitda dorilar tayyorlash uchun alohida izolatsiyalangan xonalar, asosan, katta dorixonalarda ajratiladi. Unda quyidagilar bo‘lishi kerak: elektr yoki gaz o‘tkazgich, oqova suvjo‘mragi va rakovina, elektr plitasi yoki gaz gorelkasi hamda asbob-uskunalar. Aseptik sharoitda dori tayyorlanadigan xonada optimal sanitariya-gigiyena sharoiti yaratish uchun dorilarni sterilizatsiya qilinadigan avtoklavlar va boshqa apparatlar qo‘shni xonaga (koktoriyga) joylashtiriladi. Koktoriy — dorixona xonalaridan biri bo‘lib, unda suv haydaladi va assistent ishiga bog‘liq bo‘lgan har xil farmatsevtik operatsiyalar; damlama va qaynatmalar tayyorlash, dorilarni sterillash, qaynatish, bug‘latish ishlari ham bajariladi.
Ba’zi bir dorixonalarda aseptik sharoitda dori tayyorlash uchun maxsus blok-xonalar quriladi. Bloklar uch seksiyadan iborat bo‘ladi:
  1. aseptik xona — bu yerda dori tayyorlanadi;


  2. sterilizatsiya xonasi — bu yerda avtoklav, 200 gacha isita- digan quritgich shkaf va boshqa sterilizatsiya apparatlari o‘rnatiladi;


d) tambur (boksdan oldingi xona)da farmatsevt, sterillangan xalat, qalpoqcha, shippaklarni kiyib, so‘ngra aseptik xonaga kiriladi.


Stol bokslar. Ba’zi dorixonalarda aseptik sharoitda dorilar tayyorlash uchun maxsus xonalar bo‘lmasligi natijasida, dori- larni qisman aseptik sharoitda tayyorlash imkonini beruvchi stol bokslar katta rol o‘ynaydi. Aseptik sharoitda dorilar tayyor- lanadigan xonalarni dorixonalarning boshqa xonalaridan to‘liqroq izolatsiya qilish stol bokslar havosini, tozalangan suvni steriliza- tsiya qilish maqsadida bakteriotsid lampalar (ultrabinafsha nurlatgichlar) muvaffaqiyat bilan qo‘llanmoqda. Assistentning xonaga korjomasiz (xalat, ro‘mol, qalpoqsiz) kirishi mutlaqo mumkin emas.
Aseptik blok defektar, assistentlar xonasiga kiraverishda dezin- feksiya eritmalari bilan ho‘llangan rezina gilamchalari bo‘lishi kerak. Yuvish xonalarida inyeksiya eritmalari va ko‘z tomchilari,
ichiladigan dori vositalari, sirtqi ishlatiladigan dori shakllari uchun alohida rakovinalar bo‘lishi lozim. Rakovinalar har kuni tozalanishi va dezinfeksiya qilinishi shart. Dorixona xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari shart. Ular ishga tushmaslaridan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
Aseptik blok ventilatsiya bilan jihozlanishi kerak. Havoni zararsizlantirish uchun aseptik blokda, distillatsiya xonasida bakteriotsid nurlatgichlar bo‘lishi zarur. Aseptik blok jihozlari dezinfeksiya eritmalari bilan ho‘llangan lattada artilishi shart. Aseptik blok dorixonaning boshqa xonalaridan shluzlar orqali ajratilgan bo‘lishi kerak. Dorixonadagi yordamchi materiallar
(paxta, doka, pergament qog‘oz) bikslarda sterilizatsiya qilinishi lozim.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling