1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Texnogen xavflar, birinchi navbatda, elektr energiyasi, kimyoviy moddalar, 
ionlashtiruvchi, elektromagnit nurlanishlar, transport vositalari, yonuvchan, 
portlovchi moddalar va materiallar foydalanish bilan bog„liq, yuqori harorat va 
bosimlarda sodir bo„ladigan jarayonlar bilan kechadigan xavflardir. 
Ijtimoiy xavflarga - ruhiy va tubanlik orqasidan va insonlarning madaniy 
darajasi pastligi oqibatida kelib chiqadigan xavflar kiradi. Bularga daydilik, 
fohishalik, mastlik, alkogolizm, giyohvandlik, jinoyatchilik va boshqalar kiradi. 
Siyosiy xavf-xatarlarga millatlararo va davlatlararo mojarolar, terrorizm, 
qurolli to„qnashuvlar, urushlar kiradi. 
Ko„pgina xavf manbalari umumiy xususiyatga ega. Misol uchun: 
- tabiiy va texnogen xavflarga - issiqxona effekti, 
ozon qatlamining 
yemirilishi
, havodagi chang va tutunlar, “kislotali yomg„irlar”, chang-qum 
bo„ronlari, tuproq unumdorligining pasayishi, cho„llarning paydo bo„lishi va inson 
faoliyati natijasida yuzaga kelgan boshqa hodisalar kiradi; 
- tabiiy va ijtimoiy xavflarga - epidemiyalar va yuqumli kasalliklar 
pandemiyasi, jinsiy yo„l bilan yuqadigan kasalliklar (OITS) va boshqalar kiradi; 
ijtimoiy-texnogen xavflar - kasbiy kasallanish, jarohatlar, sanoat faoliyati 
natijasida kelib chiqqan kasalliklar, massalan insonning ongiga ta‟sir qilish 
natijasida kelib chiqadigan ruhiy kasalliklar va boshqalar kiradi. 
Xavflar taksonomiyasibu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi 
faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to„g„risidagi fandir. U 
faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada 
chuqurroq o„rganishda katta ahamiyatga ega. 
Xavflarning ayrim qismlari qo„yidagilarni tashkil etadi: 
o Kelib chiqishi bo„yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo„ladi; 
o rasmiy standartga asosan: fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga 
bo„linadi; 
o salbiy oqibatlarning ro„y berish vaqti bo„yicha: impulsiy (beixtiyor 
harakat) va kumulyativ (to„satdan keluvchi) turlarga bo„linadi; 
o xavflar tarqalishiga yo„l qo„ymaslik bo„yicha: litosfera, gidrosfera
atmosfera va koinot bilan bog„liq bo„ladi; 


o kelib chiqish oqibatlariga ko„ra: charchash, kasallanish, jarohatlanish, 
halokatlar, yong„inlar ko„rinishida bo„ladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling