1-mavzu pdf
Download 109.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu-4
XRONOLOGIYA – vaqt o‗lchovi haqidagi fan. Astronomik xronologiyada
fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini o‗rganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. Tarixiy xronologiya – yordamchi tarix fani bo‗lib, turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini o‗rganadi, tarixiy voqealar sodir bo‗lgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniqlashga yordam beradi. BONISTIKA – frans-lot, yaxshi, qulay so‗zidan) yordamchi tarix sohasi, muomaladan chiqqan qog‗oz pullar va bonlarni jamiyatning iqtisodiy hamda siyosiy tarixi manbasi sifatida o‗rganadi. XX asr boshida fan sifatida shakllangan. Numizmatika bilan yaqin aloqada. GERALDIKA – (kechki lot, jarchi so‗zidan) Gerbshunoslik fani. XIX asrning ikkinchi yarmidan gerblarni o‗rganuvchi yordamchi tarix fani. Dastlab XIII- XIX asrning birinchi yarmigacha dvoryan, sex va er mulklarining gerblarini tuzish bilan geroldlar shug‗ullanganlar. Geraldika atamasi shundan olingan. XIV asrdan boshlab gerbchilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish oat tusiga kirgan. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni o‗rganadi, milliy an‘analar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarni o‗rganishga yoram beradi. Geraldika genealogiya, numizmatika, paleografiya va sfragistika kabilar bilan aloqador. Geraldika ma‘lumotlari tarix fanining boshqa sohalari bilan ham qo‗llaniladi. GERB (pol-nem meros) – Biron-bir mamlakat yoki hududning siyosiy va tarixiy xarakteragi g‗oyalari majmuasini, o‗ziga xos tabiiy va xo‗jalik xususiyatlarini, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‗ va shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. Gerblar antik davrda paydo bo‗lgan. Gerblar quyidagi tur va toifalarga bo‗linadilar: 10 1. Davlat gerblari, shahar, viloyat gerblari. 2. Korporatsiya (o‗rta asrdagi sex, gildiya va birodarlik) larning gerblari. 3. Urug‗larning gerblari. Gerblar rangi, shakli, rasmlari bilan o‗zaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar bilan tavsiflanadi. Masalan, Shumer davlatining gerbida sher boshli burgut, qadimgi Rim davlati gerbida burgut tasvirlangan. Amir Temur davlatining ham gerbi bo‗lgan. Bu gerbda 3 ta halqa tasvir etilgan bo‗lib, bu Temurning 3 iqlimda ya‘ni shimol, janub va g‗arbda hukmron ekaniga ishoradir. O‗rta asrlarda ko‗pgina shaharlar ham o‗z gerbiga ega bo‗lgan. Venetsiya gerbida qanotli sher tasvirlangan. G‗arbiy Evropada gerblar urug‗, merosho‗rlik belgilari sifatida salb yurishlari davrida yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qog‗oz pullar, muhrlarga gerblarning tasviri tushirila boshlangan. Gerblar va ularning tarixi bilan geraldika fani shug‗ullanadi. Download 109.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling