1-mavzu pdf
Download 109.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning mazmuni
- Fanni o‘qitishning maqsadi
- NUMIZMATIKA
- BONISTIKA
1-mavzu. Yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari va tarkibiy qismlari (Reja): 1.“Yordamchi tarix fanlari” xususan xronologiya, numizmatika (bonistika), paleografiya (semiotika, falarestika, sfragistika), geraldika (vekselografiya), metrologiya fanlarining predmeti, maqsadi, vazifalari va nazariy asoslari. 2.Mazkur fanlarning tarix ta'limida tutgan o'rni va roli 3.Talabalarda tarixiy ongni rivojlantirishda voqea va xodisalarni turli aspektda tadqiq etish, tahlil qilish metodlari. Fanning mazmuni - Yordamchi tarix fanlari fanining dolzarbligi. Ushbu dasturda Yordamchi tarix fanlarining nazariy asoslari bilan qurollantirish nazarda tutiladi. Ushbu fanlar o‘zining tadqiqot predmeti, metodi va usullariga ega. Yordamchi tarix fanlari xususan, xronologiya, numizmatika, Paleografiyaa, tarixiy metrologiya kabi alohida sohalarni o‘rganadi va shu fanlar orqali tarix fanini yanada chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. Ya’ni tarix fanini o‘rganishda ushbu fanning o‘rni beqiyos. Bu sohalar beradigan ma’lumotlar tarix tadqiqotlarining asosiy material zamini hisoblanadi. Bugungi kunda bu sohalarning ko‘lami yanada kengayib bormoqda. Yordamchi tarix fanlari o‘rta va o‘rta maxsus ta’limida tarix fanlarini samarali o‘qitishga xizmat qiladi Fanni o‘qitishning maqsadi – Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda Yordamchi tarix fanlari tadqiqot metodlari va ularni Tarix fanini rivojlantirishga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir Fanni o‘qitishning vazifalari – Fanning vazifasi – talabalarga Yordamchi tarix fanlari nazariyasi, Yordamchi tarix fanlari turlari va tuzilishi hamda Tarix darslarida ulardan foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Yordamchi tarix fanlari tarixni mukammal o‗rganishga xizmat qilib, bugungi kunda alohida mustaqil ―Maxsus tarixiy fanlar ni qamrab olgan. ‖ Ushbu fanlarning har bir sohasi o‗z o‗rganish yo‗nalishiga ega bo‗lsa-da, ular bir-birlari bilan uzviy bog‗langan. Ushbu fanlar yozma manbalarni, o‗zbekiston tarixi, jahon tarixi, arxeologiya va boshqa fanlarni chuqur o‗rganishga qaratilgan. Yordamchi tarix fanlarini o‗qitishdan maqsad – talabalarda yordamchi tarix fanlari tadqiqot metodlari va ularni tarix fanini rivojlantirishga mos bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga yordamchi tarix fanlari nazariyasi, yordamchi tarix fanlari turlari va tuzilishi hamda tarix darslarida ulardan foydalanishga o‗rgatishdan iborat. Hozirgi zamon tarix fani alohida bo‗limlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmui. Ixtisoslashtirish darajasiga ko‗ra ularni bir necha guruhlarga bo‗lish mumkin. Maxsus tarix fanlariga arxeologiya, antropologiya, etnografiyalar kiradi. Yordamchi tarix fanlariga esa xronologiya, numizmatika, bonistika, faleristika, geraldika, sfragistika, geneologiya diplomatika, epigrafika, paleografiya, tarixiy metrologiya fanlari kiradi. NUMIZMATIKA – tangalar haqida fan. Tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og‗irligi, qanday metaldan yasalganligi, pul muomilasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o‗rganadi. Numizmatika tushunchasiga yana qog‗oz pullarni o‗rganish (BONISTIKA) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni o‗rganish (FALERISTIKA) ham kiradi. Numizmatika XIX asrda fan sifatida shakllangan. Download 109.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling