Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. “Innovatsion faoliyat” tushunchasi, uning mohiyati va o’rganilganlik darajasi qanday?
2. Innovatsion faoliyatni tashkil qilish zaruriyati va omillari?
3.Pedagogik yangiliklarni loyihalash va hayotga tatbiq etish?
4.Ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish necha bosqichdan iborat?
4-Mavzu: Yangilik kiritishlarga qarshilik ko’rsatuvchi omillar
Reja:
1. Ta’limni tashkil etishning tarixiy shakllari
2.An’anaviy ta’lim.
3. Yangiliklar kiritish texnologiyasi turlari.
4. Yangiliklar kiritishni loyihalash bosqichlari.
T Tayanch tushunchalar: shaxs, inson, individ, shaxs sifatlari, temperament, psixik jarayonlari xususiyatlari, tajriba va shaxsning yo’nalganlik sathi,injiniring, konsalting.
Ta’limni tashkil etishning tarixiy shakllari.
Pedagogika tarixiga oid adabiyotlarda ta’limni tashkil etishning uch shakli ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars va lektsiya – seminar tizimlaridir.
Ma’lumki, ilk davrlarda insonlar ta’limni individual tarzda tashkillashtirganlar. Ijtimoiy taraqqiyot mahsuli sifatida va insonlarning bilishga nisbatan qiziqishining uyg’onishi ta’limni tashkil etishning guruhli ko’rinishini shakllantirdi.
XVII asrga kelib chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan sinf-dars tizimiga asos solindi.
Lektsiya-seminar tizimi esa Yevropada dastlabki Universitetlar paydo bo’lgan davrlarda shakllandi.
2.An’anaviy ta’lim.
Ta’lim jarayonini modernizatsiyalash haqida so’z borganda vujudga keluvchi dastlabki muammo bu qo’yilgan savolning mohiyatini to’g’ri anglashdir.
Masalan, funktsional predmetli ma’lumotning maqsadalarini ko’zlovchi a’nanaviy ta’lim shaxsdan vosita sifatida foydalanib, uning motivatsiya mexanizmlariga tayanadi va ularga tashqi muhitdan qo’yilgan maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan omil sifatida qaraydi. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda an’nanaviy ta’limning asosiy maqsadi shaxsda bilimlar tizimlarini shakllantirish, fan asoslarini egallashlari uchun asos yaratish, ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ongli va yuqori bilimli insonlarni tarbiyalashdan iborat bo’lgan.Bizga ma’lumki, an’anaviy ta’limda shaxs pedagogik jarayon vositalaridan biri sifatida qabul qilinib, uning faoliyatida bajaruvchilik, ijrochilik xususiyatlari ustunlik qilgan bo’lsa, sinf-dars, lektsiya-seminar tizimida bu xususiyatlar yaqqol o’z ifodasini topgan. Bugungi zamonaviy ta’limning ko’rinishlaridan bo’lgan innovatsion ta’lim esa, o’z maqsadi va mohiyatiga ko’ra, an’anaviy o’qitishdan farq qilib, ta’lim oluvchi shaxsining tabiiy imkoniyatlarini namoyon qilishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishni taklif qiladi. Bunda o’quvchi o’zini o’quv faoliyatining sub’ekti sifatida his qilishi, o’z ustida ishlashi, o’z-o’zini rivojlantirishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |