1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida Innovatsiya va uning turlari. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 440.95 Kb.
bet7/25
Sana11.09.2023
Hajmi440.95 Kb.
#1675851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
105055 UMK Pedagogik innovatika

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Innovatsion jarayonning mohiyati va tuzilishi nimalardan iborat?
2.Innovatsion jarayonlarni boshqarish tamoyillarini izohlab bering?
3.Yangiliklar kiritishning umumiy texnologiyasi qanday?


3-Mavzu: Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish mexanizmi
Pedagogik yangiliklarni loyihalash va hayotga tatbiq etish
Reja:

1. “Innovatsion faoliyat” tushunchasi, uning mohiyati va o’rganilganlik darajasi.


2. Innovatsion faoliyatni tashkil qilish zaruriyati va omillari.
3.Pedagogik yangiliklarni loyihalash va hayotga tatbiq etish.


Tayanch tushunchalar:Innovatsion faoliyat,kognitiv tarkibiy qism,jamoa, innovatsiya sub’ektlar, professional bilim,sub’ekt,konsulьtant, ekspert,motiv.


1. “Innovatsion faoliyat” tushunchasi, uning mohiyati va o’rganilganlik darajasi.

1. Ta’lim muassasasida innovatsion faoliyatning samarali yo’lga qo’yilganligi innovatsion jarayon sub’ekti va innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishibilan bevosita bog’liqdir.


Innovatsion jarayon sub’ektideganda, ta’lim muassasalariga yangiliklar kiritish jarayoniga ishtirok etuvchi shaxslar (direktor, uning o’rinbosarlari, o’qituvchilar, olimlar, o’quvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, konsulьtantlar, ekspertlar) va ta’limni boshqarish organlari tushuniladi. Ular harakatining birligi ma’lum bir natijalarga erishishga olib keladi. Ta’lim muasasasidagi innovatsion faoliyatning maqsadga yo’naltirilganligi va tashkil etilganligi innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishini oqilona tashkil etish yo’libilan amalga oshiriladi. Mazkur holat har bir alohida xarakat tuzulishini inobatga olishni taqozo etadi. Innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi motiv–maqsad–vazifa–shakl–metod–natija kabi tarkibiy qismlarni o’z ichiga qamrab oladi9.
Motiv – innovatsion faoliyat sub’ektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat sub’ekti extiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo’lgan amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi sub’ektning yangilikni yaratish va o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoj va qiziqishlarini o’zida ifoda etuvchi undovchi kuch, sababdir.
Innovatsion faoliyatning maqsadi – birinchidan, kutilgan natijaga erishish vaqtini aniqlash, ikkinchidan, belgilangan muddatda uni qo’lga kiritish imkoniyatlari, uchinchidan, maqsadga erishishdagi sub’ektining yo’nalganliligi, to’rtinchidan, olingan natijani kutilayotgan bilan taqqoslash imkonini beruvchi yangilikning ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismini o’zgartirishga qaratilishidir.
Innovatsion faoliyatning vazifasi – kutilgan natijaga imkon beruvchi ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismining avvalgi va uni o’zgartirishga qaratilgan yangi modelining holatini o’zida aks ettirishidadir.
Innovatsion faoliyat shakli degandamazkur jarayonsub’ektlarning maqsadga erishish uchun tashkil etilgan faoliyati tuzilishini o’zaro muvofiqlashtirish, innovatsion faoliyat metodi deganda esa, uning maqsadga erishish yo’lidagi, ma’lum bir ma’nodagi tizim faoliyatini tartibga solinishi tushuniladi.
Innovatsion faoliyat natijasi ob’ektning yangilanishidagi aniq o’zgarishlarni o’zida aks ettirib, erishilgan natijalarni baholashda uch guruh mezonlaridan foydalaniladi:1) sifat mezonlari; 2) samaradorlik mezonlari; motivatsiya mezonlari.

Download 440.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling