1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida Innovatsiya va uning turlari. Reja


yangiliklar kiritishni oddiy qayta ishlab chiqish


Download 440.95 Kb.
bet5/25
Sana11.09.2023
Hajmi440.95 Kb.
#1675851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
105055 UMK Pedagogik innovatika

yangiliklar kiritishni oddiy qayta ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik faqat tashkilotning o’zida yaratiladi va mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi: 1) yangiliklar kiritish shart-sharoitlarini shakllantirish; ilmiy kashfiyot, uni dastlabki o’zlashtirish bilan bog’liq yangilik yaratish; yangilikni tashkilotda joriy etish; yangilikdan foydalanish.

  • yangiliklar kiritishni kengaytirilgan tarzda ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik ko’plab tashkilotlarga joriy etishga mo’ljallab tayyorlanadi. Mazkur holatda yangiliklarni yaratish va uni foydalanuvchilarga taqsimlash orasiga yangiliklarni ishlab chiqish metodlari va undan foydalanish shakllarini joriy etish; unga bo’lgan ko’plab ehtiyojlarni ta’minlovchi yangilikni ommaviy tarzda ishlab chiqish ham qo’shiladi.

    2. Innovatsion jarayonning o’ziga xosligi uning tsiklik tavsifga egaligidadir. Yangilik kiritishning to’liq mavjudlik tsikli quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: paydo bo’lishi, o’sishi, rivojlanishi, o’zlashtirish, joriy etish, to’yinishi, rutinizatsiya, inqiroz, tugallanishi.
    R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi:
    Birinchi blok – pedagogikadagi yangini yaratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangiliknig me’yorlari, uni o’zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichi kabilar kiradi.
    Ikkinchi blok – yangini idrok qilish, o’zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini yaratish va uni baholash jarayonining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
    Uchinchi blok – yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tatbiq etish, foydalanish, keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir6.
    Innovatsion jarayonning o’ziga xosligi uning tsiklik tavsifga egaligidadir. Yangilik kiritishning to’liq mavjudlik tsikli quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: paydo bo’lishi, o’sishi, rivojlanishi, o’zlashtirish, joriy etish, to’yinishi, rutinizatsiya, inqiroz, tugallanishi.
    Ba’zan innovatsion jarayonning tuzilishi ixchamlashtirilgan ko’rinishda tasvirlanadi. Masalan, V.S.Lazarev har biri bir necha tarkibiy qismlardan iborat innovatsion jarayon tuzilishining to’rt tarkibiy qismini ajratib ko’rsatadi.
    1. Yangilikni yaratish:

    • ta’limiy faoliyatni tahlil etish va o’zgarishlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;

    • yangilikni loyihalash;

    • yangilikni tajribada sinab ko’rish;

    • yangilikni ekspertiza qilish.

    2. Yangilikni joriy etish:

    • joriy etishga tayyorlash;

    • yangiliklar haqida axborot berish;

    • yangiliklarni o’zlashtirishni qo’llab-quvvatlash;

    • yangiliklarni o’zlashtirilishi va joriy etilishini tahlil etish.

    3. Yangiliklarni o’zlashtirish

    • ta’limiy faoliyatni tahlil etish va o’zgarishlarga ehtiyojni aniqlash;

    • yangiliklarni baholash va tanlab olish;

    • bo’lajak ko’zda tutilgan ta’limiy tizimni loyihalash;

    • yangiliklarni qo’llash;

    • natijalarni tahlil etish va baholash.

    4. Ta’limiy faoliyat
    Innovatsion jarayonning mazkur tuzilishi ma’muriy yondashuvni tavsiflaydi va ko’plab ilmiy va boshqaruv tashkilotlari, maktab, ta’lim markazlari ishtirok etadigan innovatsion jarayonlar bilan bog’liq bosqichlarni o’zida aks ettiradi. SHu bilan birga pedagogik innovatsiya turli darajada – alohida o’qituvchi faoliyati yoki biror ta’lim muassasasidan uzluksiz ta’lim tizimiga qo’llanilish predmetiga aylanishi mumkin. Mazkur holatda innovatsion jarayonning tuzilishi boshqacha ko’rinish hosil qiladi. Masalan, O.G.Xomeriki va boshqalar o’zida quyidagi tarkibiy qismlarni aks ettiruvchi innovatsion jarayon tuzilishini aniqlashgan:
    a) faoliyatli: motiv, maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, metod, natija kabi aniq moddiy, moliyaviy, vaqtinchalik va boshqa shart-sharoitlarda amalga oshiriluvchi tarkibiy qismlar yig’indisi
    b) sub’ektivli: ta’lim muassasasi barcha sub’ektlari – direktor, uning o’rinbosarlari, o’qituvchilar, olimlar, o’quvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, OTM o’qituvchilari, konsulьtantlar, ekspertlar, ta’limni boshqarish organlari xodimlari, attestatsiya komissiyasining innovatsion faoliyati.
    v) darajali: xalqaro, respublika, viloyat, tuman, shahar, ta’lim muassasasi darajasidagi innovatsion faoliyat sub’ektlarining o’zaro aloqador innovatsiyaon faoliyati
    g) mazmunli: ta’lim, tarbiyaviy ishlar, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasasini boshqarishga doir yangiliklarni ishlab chiqish va o’zlashtirish
    d) boshqaruvga doir: boshqaruvga doir faoliyatning to’rt turdagi o’zaro harakatini: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazoratni o’z ichiga oladi.
    Mazkur sohada tadqiqot olib borgan O.Xomerikining fikricha, innovatsion jarayon ketma-ketligini quyidagicha davrlashtirish mumkin (1-rasm):

      1. M uammoni aniqlash


      1. Muammoni hal 4. Tanlab olingan qarorni

    qilishning amalga oshirish va uning
    m uqobil variantini samaradorligini baholash
    shakllantirish

    3. Qaror qabul qilish





    Download 440.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling