Boshqaruvning umumdavlat organlari


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
davlat organ




Boshqaruvning umumdavlat organlari 
R е j a: 
1. Boshqaruv tarkibi to’g`risida tushuncha. 
2. Boshqaruvning umumdavlat organlari. 
3. Boshqaruvning mahalliy organlari. 
4. Boshqaruvning tarmoq organlari. 
5. Jamoat va o’z-o’zini boshqarish organlari. 
 






Kirish 
“Menejment va marketing asoslari” fanining o’qitishdan maqsad 
talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg’otish, amaliy tashkilotchilik 
faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini 
o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va 
o’rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona hamda firmalarni iqtisodiy
ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli sohalarini boshqarish bo’yicha 
loyihalar, tadbirlar ishlab chiquvchilar bo’lib etishadilar. Boshqarish tizimini 
takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga 
tushadi. Menejment va marketing asoslari jamiyatning iqtisodiy negizi bilan 
o’zaro bog’liq holda ko’rib chiqish lozim, bunda boshqarishning ikki tomoni 
hisobga olinadi: tashkiliy-iqtisodiy va texnik-iqtisodiy. Menejment va 
marketingning asosi uning ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga 
tayangan asl ilmiyligidir. Bu qonunlarni ma’lum sharoitlarda o’qib va o’rganib, 
xo’jalik rahbarlari Respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiyasi va 
taktikasini aniqlaydi. Menejment va marketingning davlat miqyosidagi eng 
pirovard maqsadi bqlib, kuchli demokratik huquqiy davlat va barqaror bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyat qurishdir. Iqtisodiy 
islohotlarni olg’a surish, iqtisodni umumjahon xo’jaligiga kirib borishi uchun 
boshqaruv munosabatlari mexanizmini mukammal bilish kerak. Talabalarga 
tavsiya qilingan bu fanning maqsadi menejment va marketing asoslari 
tushunchasining asosiy g’oyalarini etkazib berish va barcha bakalavr 
talabalariga bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv sir-asrorlarini o’rgatish, uni 
tahlil qilish va kelib chiqqan muammolarni to’g’ri yecha bilish yo’llarini 
o’rgatishdan iboratdir. 




Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling