Boshqaruvning umumdavlat organlari


Boshqarishning umumdavlat mahalliy va tarmoq organlari


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
davlat organ

Boshqarishning umumdavlat mahalliy va tarmoq organlari 
Organ-bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa, tashkilotdir. 
Boshqarish organi esa ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususan boshqaruv mehnati 
taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir. 
Boshqarish apparatini tuzish jarayoni boshqarishning qabul qilingan strukturasi 
doirasida uning funktsiyalarini amaldagi qoidalariga binoan taqsimlash va 
vazifalarini aniqlshdan boshlanadi. So’ngra harbir funktsiyalar: 

guruhi; 

ularning hajmi; 

darajasi va bosqichi; 

ixtisoslashtirilishi; 

markazlshtirilishi va kooperatsiyalashtirilishi tahlil qilinadi. 
Ana shulardan keyin aniq ishlar yo’nalishi aniqlanadi, yangi organ tuzish yoki 
mavjud bo’linmadan mustaqil organ ajratish, yoxud mavjud organlarga 
qo’shimcha funktsiyalarni topshirish to’g’risida qaror qabul qilinadi. 
Boshqarish organlarini tuzishda quyidagi ikki tamoyilga e’tibor beriladi: 
Birinchi tamoyil-bu boshqarish doirasi boshqarish normasi cheklashni, ya’ni bir 
rahbarga muayyan va qat’iy cheklangan xodimlar va bo’linmalar sonining 
bo’ysinishi nazarda tutiladi. Bunda hozircha yagona normalar belgilanmagan. 
Ba’zi chet el mutaxassislari bo’ysinuvchi ijrochilar va bo’linmalar soni 5-6 
kishidan oshmasligi kerakligini tavsiya qiladilar. 
Bizning iqtisodchilar boshqarish normasi 6-12 kishigacha bo’lishi mumkin va 
master darajasida boshqarilish normasi 30 tagacha ishchi miqdorida belgilash 
tavsiya etiladi. Amalda esa ularning soni 17 va 20 kishigacha etadi. 
Ikkinchi tamoyil-bu boshqarish strukturasidagi ierarxik bosqichlar sonini 
cheklashni nazarda tutadi. Bizdagi va chet ellardagi amaliyot shuni tasdiqlaydiki, 
rahbar bilan ishchi o’rtasidagi darajalar 4-5 tadan oshmasligi kerak. Aks holda 
bosqich va bo’g’inlar sonining ko’payishi natijasida axborotlarning o’tishi 
sekinlashadi, boshqarishning tezkorligiga va ishonchligiga putr etadi. 
Bo’ysinuvchi xodimlar va ierarxik bosqichlar sonini cheklashni ko’zda tutadigan 



bu ikkala tamoyil bir biriga ziddir. Bo’ysinuvchilar sonini oshirib, bosqichlar 
soini kamaytirish va aksincha qilib boshqarish strukturasini takomillashtirish 
mumkin (3.9-javdvalga qarang). 
Mamlakatimizning ulkan xududida murakkab xalq xo’jaligini boshqarish uchun 
ko’p tarmoqli boshqaruv-organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi oliy 
vakolatli organlar bo’lib tarkibi quyidagilardan iborat. 
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi 
Konstitutsiyamizning 11-moddasi bilan qonunlashtirilgan. Bu organlarning har 
biri o’zaro chamabarchas harakat qilishi bilan birga o’z vakolatlari doirasida 
mustaqil va erkin faoliyat ko’rsatadilar. Bu esa hokimiyatning bitta organ 
ixtiyoriga haddan tashqari mujassam bo’lmasligini ta’minlaydi, ularning xalq va 
qonun oldidagi huquqlarini aniq taqsimlab berishga xizmat qiladi. Boshqaruvning 
eng tepasida Prezident turadi. Bosh Komusimizning 89- moddasida shunday 
deyilgan: 
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va 
ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda vazirlar mahkamasining Raisi 
hisoblanadi. 
Prezident O’zbekiston Respublikasi tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan- 
to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yil muddatga 
saylanadi. Konstitutsiyamizning 93-moddasiga binoan. Prezident quyidagi 
vakolatlarga ega. 

Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling