Boshqaruvning umumdavlat organlari


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
davlat organ

Vazirlik-bu o’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy 
bo’g’inidir. Vazirlik: 

tarmoqning ahvoli, uni yanada rivojlantirish; 

fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik 
darajasi; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lgan ichki va tashqi talabni 
qondirish uchun mas’uldir. Vazirlikka O’zbekiston Prezidenti tomonidan 
tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan 
majburiyatlarning bajarilishi hamda vazirlik tizmidagi korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalar faoliyati uchun vazir to’liq javobgardir. 
Vazirlikda vazir (rais), uning o’rinbosarlari va vazirlikning boshqa rahbar 
xodimlaridan iborat kollegiya tuziladi. Kollegiya o’z majlislarida tarmoqni 
rivojlantirishga, korxonalarga amaliy rahbarlik qilishga doir asosiy masalalrni 
ko’rib chiqadi, quyi organlar rahbarlarining hisobotini tinglaydi. Kollegiya 
qarorlari vazir buyrug’i bilan amalga oshiriladi. 
Boshg’arish amaliyotida tarmoqlararo xarakterdagi zarurat, ya’ni turli tarmoqlar 
uchun umumiy bo’lgan bir qancha maxsus vazifalarni amalga oshirish zarurati 
kelib chiqadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo’lgan maxsus masalalr bo’yicha 
bunday koordinatsion rahbarlikni maxsus kompetentsiyaga ega bo’lgan organlar, 
ya’ni Davlat qo’mitalari amalga oshiradi. 


24 
Davlat qo’mitalari - bu vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, 
nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo’li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanishga 
rahbarlik qilishga mo’ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir. 
Qo’mitaga O’zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais boshchilik 
qiladi. 
Bugungi kunda Respublikamizda 18 ta vazirlik va 13 ta Davlat qo’mitalari 
mavjud. (1-ilovaga qarang). 

Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling