Boshqaruvning umumdavlat organlari


Viloyat, tuman va shahar hokimi


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
davlat organ

Viloyat, tuman va shahar hokimi: 

qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari
yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining 
ijrosini tashkil etadi; 

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, 
fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va 
salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’radi, tabiiy ofatlar, 
epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi; 

Viloyat, tuman va shaharni iqtimodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy 
yo’nalishlarini, viloyat, tuman, shahar byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini va 
ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatalari Kengashining tasdig’iga 
taqlim etadi; 

o’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo’limalarining 
rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarni 
xalq deputatlari kengashi tasdig’iga taqdim etadi; 

hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va 
lavozimdan ozod qiladi; 

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlarga va O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarga, shuningdek yuqori turuvchi xalq 
deputatlari kengashi va hokimning qarorlariga zid bo’lsa bekor qiladi va xalq 
deputatalri Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining 
hujjatlarini bekor qilish to’g’risida taqdimnoma kiritadi; 

rahbarlari tegishli xalq deputatalri Kengashlari tomonidan lavozimga 
tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura 
bo’linmalarining ishini nazorat qiladi; 

xalq deputatalri Kengashi va hokim qabul qilgan va chaqargan hujjatlarni 
bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish 


22 
to’g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi; 

davlat mukofatlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi 
va takliflar kiritadi; 

respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili 
sifatida ish ko’radi; 

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning imkoniyatlari, arizalari 
va takliflarini qarab chiqadi. 
Bulardan tashqari, hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, 
tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo’jaligi, 
er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, 
transport, yo’l xo’jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy 
xizmat ko’rsatish, aholini sotsial himoya qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va 
xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish 
sohasida qonun hujjatlarni ham hal etadi. 
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni tadan, korxonalarning soni esa 
100 mingtadan ortadi, Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o’zaro 
muvofiqlashtirish, mamlakat xududida joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga 
bo’lgan talabni aniqlash tarmoq boshqaruvi tizimi oldida turgan juda murakkab 
keng qamrovli masalalardir. 
Bu masalalarni samarali hal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq 
organlari mavjud: 

Vazirliklar; 

Davlat qo’mitalari; 

Kontsernlar; 

Korporatsiyalar; 

Konortsiumlar; 

Assotsiatsiyalar; 

Kompaniyalar; 

Korxonalar; 


23 

Firmalar va boshqalar. 
Bu organlar umumdavlat va mahalliy organlardan farqli o’laroq boshqaruv 
tizimida shunchaki ishrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning 
ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi. 
Boshqarishning tarmoq organlari odatla umumdavlat va mahalliy organlardan o’z 
faoliyatining hajmi (miqyosi) bilan farq qiladi. Bu hol ularning huquqiy 
nizomlarida aks etgan bo’ladi. 

Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling