Boshqaruvning umumdavlat organlari


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
davlat organ

№ 
Birlashmalar 
kishi 

Ja’mi deputalar 
250 100 
shu jumladan: 
1. 
Hokimiyatning vakillik organlardan deputatlar bloki 
120 
48 
2. 
Xalq demokratik partiyasidan deputatlar fraktsiyasi 
69 
27 
3. 
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan deputatlar 
fraktsiyasi 
47 
19 
4. 
“Vatan taraqqiyoti” partiyasidan deputatlar fraktsiyasi 
14 

Oliy Majlis xalq xo’jaligini markazlashtirilgan tarzda boshqarishda bevosita 
ishtirok etadi. Mamlakatni rivojlantirish sohasida Oliy Majlisga 
Konstitutsiyamizning 78-moddasiga binoan quyidagi mutloq vakolatlar 
berilgan: 
1. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; 
2. 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini qabul qilish hamda ularga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; 
3. 
O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy 
yo’nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 
4. 
O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash; 
5. 
O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish 
va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarin 
tasdiqlash; 
6. 
Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tarktibga solish; 
7. 
Ma’muriy-xududiy tuzilish masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, 
O’zbekiston Respublikasining chegaralarini o’zgartirish; 
8. 
Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining 
byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarni joriy qilish; 


10 
9. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va mahalliy vakillik organlariga 
saylov tayinlash; Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 
10. 
Vakolati tugashi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylov kunini tayinlash; 
11. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisini va uning 
o’rinbosarlarini saylash; 
12. 
O’zbekiston Rsepublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash; 
13. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash; 
14. 
O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudini saylash; 
15. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisini tayinlash va 
vazifasidan ozod etish; 
16. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi 
o’rinbosari va o’rinbosarlarini, VazirlarMahkamasi a’zolarini tayinlash va 
lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
17. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish 
to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
18. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va lavozimidan 
ozod etish; 
19. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo’mitalari va 
boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatishi haqidagi farmonlarini 
tasdiqlash; 
20. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik 
e’lon qilish, favqulotda holat joriy etish; uning muddatini uzaytirish va to’xtatish 
to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
21. Xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va 
denonsatsiya (barvaqt to’xtatish) qilish; 
22. 
Davlat mukofatlari va unvonlarini ta’sis etish; 


11 
23. 
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatishi, nomini 
o’zgartirishi va ularning chegaralarini o’zgartirish; 
24. 
Ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarini amalga 
oshirish kiradi. 
Bu vakolatlarni bajarish faqat sessiyalar ishi davrlaridagina emas, balki yuqorida 
qayd etilgan o’ntadan iborat doimiy komissiyalar orqali amalga oshirilib boriladi. 
O’zbekiston Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi organi- bu Vazirlar 
Mahkamasidir. Uning tarkibini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u 
Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni bir 
vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning 98-moddastga binoan Vazrlar Mahkamasi: 

iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga 
rahbarlikni; 

qonunlar Oliy Majlisning boshqa qarorlari; 

O’zbekiston Respblikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 
Vazirlar Mahkamsi amaldagi qonunlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi 
xududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va 
farmoyishlar chiqaradi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazrlar Mahkamasi quyidagi strukturaga ega. 
Mamlakatni boshqarish tizimida funktsional, tarmoqlararo organlar, ya’ni 
Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, bojxona kabilar butun xalq xo’jaligi 
miqyosida aniq boshqaruv funktsiyalarini malaga oshirishga da’vat etilgan. 
Konstitutsiyamizning 106-moddasida sud hokimiyati xususida quyidagicha 
bayon qilingan: 
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlardan siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 
holda ish yuritadi. 
Sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo’jalik 


12 
sudlaridan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudidan, 
shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar 
va xo’jalik sudlaridan iborat. 

Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling