Boshqaruvning umumdavlat organlari


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
davlat organ

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti: 
1. 
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, konstitutsiya va qonunlarga 
rioya etilishning kafilidir; 
2. 
O’zbekiston Respublikasining suvirneneti, xavfsizligi va xududiy 
yaxlitligini muhofaza etish milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni 
amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi; 
3. 
Mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston 
Respublikasi nomidan ish ko’radi; 
4. 
Muzokaralar olib boradi va O’zbekiston Respublikasining shartnoma va 



bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga 
va uning majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi; 
5. 
O’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik va boshqa 
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; 
6. 
O’zbekiston Respublikasining chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa 
vakillarini tayinlaydi hamda lavozimlardan ozod qiladi; 
7. 
Respublika Oliy Majlisiga har yili ichki va xalqaro ahvol xususida 
ma’lumotnoma taqdim etadi; 
8. 
Ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi
respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini 
ta’minlaydi; O’zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo’mitalarini hamda 
davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir 
farmonlarni Oliy Majlis tasdig’iga kiritadi; 
9. 
Bosh Vazir, uning birinchi o’rinbosari, o’rnbosarlarini, Vazirlar 
Mahkamasi a’zolarini, O’zbekiston Rsepublikasi Bosh prokurori va uning 
o’rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu 
masalalarni Oliy Majlisning tasdig’iga kiritadi; 
10. 
Oliy Majlisga Konstitutsiyaviy sud raisi va a’zolari, Oliy sud raisi va 
a’zolari, Oliy xo’jalik sudi raisi va a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki boshqaruvining raisi, O’zbekiston Respublikasi tabiatini muhofaza qilish 
davlat qo’mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi. 
11. 
Viloyat, tuman, shahar va xo’jalik sudlarining sud’yalarini tayinlaydi va 
lavozimlaridan ozod qiladi; 
12. 
Viloyat hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va 
lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputatlari kengashining 
tasdig’iga qo’yadi; Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o’z sha’ni va 
qadri- 



qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar 
hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimdan ozod etishiga haqli; 
13. 
Respublika boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarining qabul 
qilgan hujjatlarini to’xtatadi va bekor qiladi; 
14. 
O’zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi; qonunga o’z 
e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish Oliy 
Majlisga qaytarishga haqli. Agar Oliy Majlis ilgari o’zi qabul qilgan qarorni 
uchdan ikki qismdan iborat ko’pchilik ovoz bilan tasdiqlasa, Prezident qonunni 
imzolaydi; 
15. 
Favqulotda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik 
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini 
ta’minlashni ko’zlab, O’zbekiston rsepublikasining butun xududida yoki uning 
ayrim joylarida favqulotda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun 
mobaynida O’zbekiston Rsepublikasi, Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi. 
Favqulotda holat joriy etish shartlari, va tartibi qonun bilan belgilanadi. 
16. 
Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi, 
Qurolli Kuchlarning oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; 
Oliy harbiy unvonlarni beradi; 
17. 
O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-
birini muhofaza qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish 
zaruriyati tug’ilganda urush holati e’lon qiladi, qabul qilgan qarorini uch kun 
mobaynida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi; 
18. 
O’zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig’i bilan 
mukofotlaydi, O’zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini 
beradi; 
19. 
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana 
berishga oid masalalarni hal etadi; 
20. 
Amistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qiladi va 
O’zbekiston 
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni avf etadi; 
21. 
Milliy xavfsizlik va davlat nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning 



rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, hamda o’z vakolatiga kiradigan 
boshqa masalalarni hal qiladi. 
Perzident o’z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor 
shaxslarga topshirishga haqli emas. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqarishning umumdavlat organlari tarkibiga 
qonun chiqaruvchi organlar ham kiradi. Qonun chiqaruvchi organ-bu Oliy 
Majlisdir. Konstitutsiyamizning 76-77 moddalarida shunday deb yozilgan: 
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, 
qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, xududiy saylov okruglari 
bo’yicha ko’p partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar 
deputatdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1994 yil 25 dekabrda 
saylangan bo’lib, mamlakatda demokratiya taraqqiyotining yangi bosqichini 
o’zida ifodalaydi. 
Parlament ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis raisi rahbarligida Oliy 
Majlis Kengashi tashkil qilingan. Lavozimi bo’yicha uning tarkibiga rais 
o’rinbosari, Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyasi raislari, blok va fraktsiyalar 
vakillari kiradi. 
Oliy Majlis tarkibiga quyidagi qo’mitalar faoliyat ko’rsatadi: 

byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo’yicha; 

iqtisodiy islohatlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish; 

qonun chiqarish va sud-huquqiy masalalar bo’yicha; 

xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo’yicha; 

sanoat, energetika, tarknsport, aloqa va aholiga xizmat ko’rsatish 
bo’yicha; 

agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat bo’yicha; 

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo’yicha; 

qurilish va uy-joy xo’jaligi bo’yicha; 

matbuot va axborot bo’yicha; 

mudofa va xavfsizlik masalalar bo’yichcha. 
Deputatlik birlashmalarining tarkibi esa quyidagicha taqsimotga ega. 



Deputatlik birlashmalari tarkibi 

Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling