Boshqaruvning umumdavlat organlari


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
davlat organ

Kontsern - bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o’zgarishi, xilma- 
xilligining ko’payishi) asosida tarkib toradigan yirik, ko’p tarmoqli 
korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank 
sohasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Bunday korxonalar 
orasida o’zaro kooperatsiyalashgan turg’un aloqalar mavjud bo’lib, ular kontsern 
rivoji yo’lida: 

umumiy moliyaviy resurslardan; 

yagona ilmiy-texnik imkoniyalardan mushtarak foydalanadilar. 
Kontsern, qoidaga ko’ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi 
va yagona xo’jalik majmui hisoblanadi. Kontsern faoliyati tashkil etish 
maqsadida boshqarish tizimi yaratiladi, bunda kontsern tarkibida kirgan har bir 
qatnashchi o’z vakolatlari va vazifalarining bir qismini, shu jumladan.Davlat 
idoralari bilan o’zoro munosabatlarda manfaatlarini himoya 
qilishni ham ixtiyoriy ravishda boshqa korxona va tashkilotlarga beradilar. 
Kontsernlar ayniqsa pirovord mahsulot ishlab chiqarish va sotishda o’zoro 
bog’liq texnalogik jarayonlar, chuqur ichki koopiratsiya mavjud bo’lgan 
tarmoqlar uchun hosdir. Eng yirik kontsernlar o’nlab va yuzlab korxonalarni, 
shu jumladan: 

mahsulot sotadigan; 

xizmat ko’rsatadigan; 

moliya; 

sug’urta; 

ilmiy-tadqiqot va boshqa firmalarni birlashtiradi. 


25 
O’zbekiston Respublikasida 1992 yilning o’rtalaridan boshlab qator 
tarmoqlarda kontsernlar tashkil etila boshlandi. Bu: 

neft va gaz sanoatida - “O’zneftgaz qurilish” o’zbek davlat kontserni; 

Qurilishda - “O’zqurilishmaterial” o’zbek davlat kontserni; 

Farmatsevtika sanoatida - “O’zfarmsanoat” o’zbek davlat - 
aktsionerlik kontserni; 

Oziq-ovqat sanoatida - “O’zoziq-ovqatsanoat” o’zbek davlat kontserni; 

Matbuotda - “Sharq” nashriyot - matbaa kontsernlari va hokazolardir 
(2- ilovaga qarang). 

Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling