Boshqaruvning umumdavlat organlari


Download 386.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana23.02.2023
Hajmi386.88 Kb.
#1223732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
davlat organ

Korporatsiya - bu rivojlangan yiri aktsionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. 
Korporatsiyalar negizi aktsioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil 
mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab 
chiqarish monopollanadi: Ayni paytda korporatsiyalar: 

investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi; 

ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki beradi; 

mahsulotning raqobatdoshligi va uzoq hayotiy tsiklini ta’minlaydi. 
Bulardan tashqari faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib 
qo’yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aktsiyadorning aktsiya 
sarmoyasining o’ziga tegishli qismi bilan erkin tasarruvf etishi va boshqalar 
korporatsiyaga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardir. 
Bugangi kunda O’zbekistonda: 

“O’zdonmahsulot” (20.06.1994) 

“O’zbaliq” (18.08.1994) 

“Mahalliy sanoat” kabi korporatsiyalar faoliyat
ko’rsatishmoqda 
(8-9 ilovalarga qarang). 
Kontsortsium - bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyihalar, shu 
jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni himoya qilish va boshqa dasturlarni 
amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir. U 
ko’ptomonlama qo’shma korxona, moliyaviy operatsiyalarni hamkorlikda 
amalga oshirish uchun tuzilgan banklararo yoki sanoat korxonalararo bitimdir. 


27 
Kontsortsiumning o’ziga xos xususiyati - bu mustaqil yuridik sherik bo’lgan 
har bir ishtirokchi - korxona bilan bitim tuzilishdadir. Boshqaruvni 
markazlashtirish ham kontsortsiumga xos xususiyat. Kontsortsiumlarga 
boshqaruv bo’yicha qo’mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. 
Kontsortsiumlar yuridik shaxslar tomonidan va bitimlarga asoslanib tashkil 
qilingan kontsortsiumlarga bo’linada. 
Kontsortsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik 
va katta miqdordagi sarmoyali sohalar bo’yicha tashkil qilinadi. Dastur 
bajarilgandan so’ng konsartsium o’z faoliyatini to’xtatadi yoki boshqa turdagi 
birlashmaga aylantiriladi. 

Download 386.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling