1-mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo’lishi
Download 159.9 Kb.
|
pedddddddddd
5-mavzu. Konflikt signallari
Konflikt signallari konfliktning to`la namoyon bo`lishidan oldin tomonlar o`rtasidagi odatdagi to’g’ri munosabatlar o`rtasida kelishmovchilik,inqiroz, o’zaro tushunmaslik, hasadgo’ylik (gayirlik), ayirmakashlik vujudga kelayotganligini namoyon etadi. Konflikt signallariga bee’tiborlilik uning kelgusida rivojlanib ketishi uchun asos bo’lib xizmat kiladi. Shu bois, konflikt signallarini bilish va ularga e’tiborli munosabat talab qilinadi. Konflikt signallarigainqiroz, tomonlar orasidagi tanglik, tushunmovchilik, hasadguylik (gayirlik), insidentlar, diskomfort kiradi. Ularning mazmunini tushunish, ularga nisbatan mutanosib munosabat odatda konfliktning erta anglanishi,inqirozning oldi olinishi va uning xal etilishi uchun asos bo’lib xizmat kiladi. Inqiroz. Tomonlar orasidagi ma’lum ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviyinqiroz darrov bilinadi. Agar biror kishi o’zining dusti, hamkori yoki tanishi bilan o’z munosabatlarini birdaniga va sababsiz o’zib kuysa, u bilan gaplashishidan o’zini saklasa, xafa bo’lib yursa, uni turli karama-qarshi fikrlar kiynasa, bu - konfliktdagiinqirozning vujudga kelganligiga ishoradir. Bu holatlarinqiroz yoki xal etilmagan o’ziga xos konflikt belgilari xisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa tomonga nisbatan ishlatilgan zo’ravonlik, taxdid, shantaj kabilar haminqiroz vaziyatining mavjudligini kursatadi. Juda kattik baxs yuritish, baxsda tomonlarning bir-birini ayamasligi, o’zaro taxdidlarning kullanilishi haminqirozli vaziyatning kurinishlari xisoblanadi. Inqirozni kursatuvchi yorkin belgilardan biri kishi o’z emotsiyalarini ushlab tura olmasligi, o’z emotsiyalari va xis-tuygulariga erk berishi, sukishish, yomon suzlar ishlatish, birovni taxkirlash kabilardir. Odam bu vaziyatda o’z emotsiyalari ichiga kirib ketib, o’z fikrlarida qarshi tomonni “u yoki bu ishni qilishga” jazm ham kiladi. Bunday vaziyatlarda tezdainqirozning mavjud ekanligini tan olish, o’zini emotsional tinchlantirish,inqirozli vaziyatni vujudga keltirgan sabablarni tahlil qilish, o’zini muzokaralarga xozirlash, qarshi tomon bilan tinch mulokotga utish darkor. Agar bu ish qilinmasa, haqiqatan ham kuchli konflikt yuzaga kelishi anik. Tomonlar orasidagi tang holat. Konfliktning vujudga kelayotganligini ko`rsatuvchi yana bir signal. Tomonlar orasida kichkina nizoning kelib chiqishi ham, biz bilan emotsional tuknashgan odam xakidagi bizning fikrimizga salbiy ta’sir kursata boshlaydi. Bizga qarshi bo’lgan odamning “ yomon” ekanligiga darrov bir necha kursatkichlar topila boshlaydi. Agar biz o’zimizni tuxtatmasak, bu “yomon”lar soat sayin ko’payib boradi. Uning barcha suzlari, harakatlari va amallarini biz mikroskop ostida tahlil qila boshlaymiz, ko’p narsalarni “qora” bo’yoqda ko’rishga urinamiz. Ko’prok asl holatni emas, balki mana shu ongimizda vujudga kelgan hamda o’zimiz ko’rishga sayi-harakat qilgan odamni tahlil qilishga utamiz. Shu bois, bu odamga nisbatan bizning muomalamiz salbiy tomonga uzgaradi. Orada emotsional tanglik vujudga keladi. Biz o’z emotsiyalarimiz va xulosalarimizga ishonib boraveramiz, ularning “sun’iy” o’z tomonimizdan yaratilganligi va yasalganligini tan olgimiz kelmaydi. Tomonlar orasidagi tanglik biror sabab kuta boshlaydi. Bu nixoyat darajada kurigan utlarning kichiq bir sababdan o’t bo’lib yonishiga uxshaydi. Chunki bizning emotsiyalarimiz tashqariga chiqishni, uning “adabini” berib qo’yishni, ongimizda shakllangan “yomon” odamga uning qanday “yomon’ligini ko`rsatib qo’yishni biz juda istaymiz. Bizga mulohazalik, bosiqlik va oddiy haqiqatni tan olmaslik xalaqit beradi. Biz tang ahvolga adekvat munosabat bildira olmaymiz. Masalan, bunday holatlarni dare jarayonida kuzatish mumkin, juda ko’p xollarda o’qituvchi dare jarayonini boshlashdan oldin guruh sardoriga davomatni anikdashni suraydi. Bu holat bir necha bor takrorlanadi. Chunki o’qituvchi guruh sardorining faoliyatiga asoslanib ishonchi baland edi. Kunlardan bir kuni o’qituvchi davomatni guruh sardoridan kabo’l qilib olgan vaqtda o’quv mashguloti yuzasidan A.Baxriddinovni doskaga chiqib javob berishini aytdi, lekin A.Baxriddinov darsga umuman kelmaganligi ayon bo’ldi. O’qituvchining guruh sardoriga bo’lgan ishonchi bir vaktning o’zida yuqoldi va guruh sardori tang holatda urnidan turib kechirim suradi. Inson har qanday vaziyatda o’z emotsiyalarini tartibda ushlashi, ularga erk bermasligi, tarixiy vaziyatni mulohazalik bilan taxdid kila olishi tang vaziyatlarning konfliktga aylanmasligi asos xisoblanadi. Tushunmovchilik. Ba’zan tomonlar orasida biror xodisa yoki ahvol to’g’risidagi notufi axborot tufayli tushunmovchilik vaziyati vujudga keladi. Masalan, yosh oila. Kelin institut aspiranturasida ukiydi. U institut oldidagi bekatda avtobusini kutib to’rganida ilmiy raxbari kelib koladi. Ular bir-ikki ogiz gaplashishadi. Aynan shu vaktda, yosh kelinning boshqa yigit bilan gaplashib to’rganini kaynonasining singlisi kurib koladi. U darrov axborotni singlisi, singlisi esa ugli ga burttirib yetkazishadi. Kuyov vaziyatni suramasdan kelinga zo’ravonlik bilan muomala kiladi. “Institutda seni boshqa yigiting bor ekan!”. Hech narsani tushunmagan kelin o’zini oklashga utadi. Yigit xotiniga kul ko’taradi. Aslida, aynan tushunmovchilikning oqibatida yosh oilada juda katta konfliktli vaziyat yuzaga keladi. Uning oqibatlari turlicha bo’lishi mumkin. Ammo kelinning kunglida “unga kul kutarilganligi”, uning "beayb" ekanligi hech qachon uchmaydi. Agar kelinning haqiqatan ham boshqa yigiti bo’lganida ham, bu axborot kelinni urish uchun ruxsat va ijozat bo’la olmaydi. Download 159.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling