1-mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo’lishi


Download 159.9 Kb.
bet26/26
Sana22.01.2023
Hajmi159.9 Kb.
#1109416
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
pedddddddddd

24-mavzu: Shaxs ichidagi va shaxslararo konfliktlar.
Shaxs ichra konfliktlarning asosiy ichki va tashqi sabablari. Muloqot-pedagogik konfliktlarni echish va boshqarish usullari. Shaxslararo konfliktlarni boshqarish sohasi. Konfliktlarni boshqarish tartiblari.
Pedagogik ijodkorlik - o‘qituvchiga xos xususiyat bo‘lishi kerak. Uning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit tarzda tarixiy,milliy, tabiiy, axloqiy omillarga bog‘liq bo‘lib, ijodkorlik o‘zbek xalqining milliy xususiyati sifatida e’tirof etiladi.Ushbu nuqtainazarga tayangan holda biz ta’limni yangicha insoniy mohiyatga ega bo‘lgan jarayon sifatida talqin qilamiz. Bunda birinchi va ikkinchi darajaga ega bo‘lgan pedagogik hodisalar haqida fikr yuritish o‘rinlidir.
Tanqidiy nuqtai nazar ta’lim tizimining inqirozini ko‘rsatuvchi holatdir. Bu o‘z navbatida, davlat va jamiyatning ta’lim tizimi oldiga quyayotgan talablarni bajaraolmasligini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. Yangicha maqsad o‘quvchilarni o‘quvjarayonining sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishga undaydi. Ulari ijtimoiy hayotga tayyorlashga yo‘llash imkonini beradi. An’anaviy ta’limning o‘quvchilar jinoyatchiligi, tajovuzkorligi, giyoxvandligining oldini olish, ularga axloqiy qadriyatlarni taqdim etish maromini tezlashtirish, ularni ongli faoliyat va o‘zaro hamkorlikka undash, shaxsiy, sodda, biroq rasmiy ijtimoiy, tarbiyaviy ishga zid bo‘lgan diniy, totalitartariqatlarvaradikalsiyosiybirlashmalargajalbqiladiganholatlarnibartarafetishga yetarlichaqodiremasligiyaqqolnamoyonbo‘lmoqda.
Eski tuzilmalar ma’lum muddat hayot kechiradigan pedagogik faoliyatni tushunish, ta’lim jarayonida bilimlarni ko‘chirish, ularning muayyan miqdorini to‘plashdan iborat ekanligini ifodalaydi. Ta’lim-tarbiya o‘quvchilarga ijtimoiy tajribani taqdim etish va xulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish jarayoni sifatida alohida qimmatga ega. Rivojlanish o‘quvchilarda zarur sifatlarni shakllantiruvchi jarayon sifatida o‘qituvchining monologik ta’siri natijasi hisoblanadi.
Yangi sifatlar - o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z o‘rni va mohiyatini yangicha tushunish ko‘nikmasidir. Ta’lim-tarbiyaviy qadriyatlarni tushunish, o‘qitish va rivojlantirish, davlat manfaatlari, o‘quvchi shaxsining qiziqishlari, imkoniyatlari, shaxsiyati, fikrlari va tafakkuri, tajribasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Pedagogikaning asosiy g‘oyalarini yangicha tushunish unga ko‘proq shaxsiy mazmun-mohiyat berish, o‘quvchilar bilan ular uchun tushunarli va qulay bo‘lgan holatlarda ko‘proq hamkorlik qilishga asoslanadi. O‘quvchi ongi ko‘plab vazifalarni bajarib pedagogik hamkorlik doirasida uning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Ular orasida eng muhimi ob’ektiv borliqni aks ettirish vazifasidir. Bu vazifaning kiritilishi pedagogik faoliyatni tashkil etishni cheklash uni o‘quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirishga asos bo‘ladi.
Pedagogik hamkorlik uchun inson ongiga bo‘lgan nuqtai nazarning o‘zgarishi sub’ektga bo‘lgani kabi funksional, quvvatni saqlash jihatidan muhim ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, o‘quvchi ongi nafaqat vazifa, balki mazmunga ega bo‘lgan tizim sifatida faoliyat, atrof-muhitga nisbatan shaxsiy, qadriyatli munosabatlar, o‘quv va xulq-atvor ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, ongning rivojlanganligi haqida fikr yuritish imkoniyati vujudga keladi. Shaxsning sifatlari haqida nafaqat paydo bo‘lgan vazifalar yig‘indisi, balki uning namoyon bo‘lish sifatlari haqida ham gapirish mumkin.
Shakllantiruvchi yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchi shaxsiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati, ya’ni siyosiy, davlat nuqtai nazaridan, iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati sifatida ham talqin qilishni taqozo qilmoqda. Bu alohida shaxsning manfaatlaridan yuqori bo‘lgan qiziqishlar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, bunday ta’lim-tarbiyaningmavjud yo‘nalishi, ongli faoliyat asoslari va xulq-atvor tajribasini shakllantirish o‘zida ijobiy quvvatni mujassamlashtiradi. Buo‘znavbatida, o‘quvchi shaxsining istiqboldagi taraqqiyoti uchun boshlang‘ich nuqta hisoblanadi.
Ta’lim oldida turgan ijtimoiy buyurtma shundan iboratki, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan cheklanmaslik kerak. Vazifaning murakkabligi shundaki, ta’lim-tarbiya o‘quvchilarda xulq-atvorning shaxsiy, ichki asoslarini shakllantirishi lozim. Bu amalda o‘quvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilish imkonini berishi zarur.
O‘quvchining shaxsiy sifatlari – bu har bir kishida o‘ziga xos tarzda hosil bo‘ladigan, uning umumiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini namoyon qiladigan, shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlaridir. Ular madaniyatlilik, ijodkorlik, erkinlik, mustaqillik, tanlov imkoniyatiga egalik, fidoiylik, baynalminallik, shaxsiy yaratuvchilik, bunyodkorlik, o‘zigaxoslik, fuqarolik jamiyatiga mansublik, xaqgo‘ylik, intizomlilik, hamjihatlik, ham dardlik kabilar.
Download 159.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling