1-mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo’lishi


Download 159.9 Kb.
bet19/26
Sana22.01.2023
Hajmi159.9 Kb.
#1109416
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
pedddddddddd

Birinchi qadam: opponentingiz nimani istaydi va nima uchun aynan shuni istaydi, bilib oling.
Ikkinchi qadam: sizning va opponentingizning fikridagi qarama-qarshilikda ba’zi bir umumiy tomonlar, ularni o‘xshash qilib turgan nuqtalar mavjudmi, shuni aniqlang.
Uchinchi qadam: sizning va opponentingizning muammoga qaratilgan yechim variantlari qanday, aniqlang.
To‘rtinchi qadam: konflikt muhokamasini hamkorlikda amalga oshiring. Siz o‘zingizcha, opponentingiz o‘zicha variantlarni o‘ylasa, orangizda yana uzilish bo‘ladi. Jarayon birgalikda harakat qilish asosida tashkil qilinsa, orada ishonch va hamkorlik yuzaga keladi. Siz esa o‘z opponentingizga qarshi tomon sifatida emas, balki hamkor sifatida qarayotganligingizni ko‘rsating.

18-mavzu: Ziddiyatlar yеchimida adolatparvarlik mеzonlari.
Adolatparvarlik mеzonlari» bizga qo‘l kеladi hamda konfliktni zo‘ravonliksiz va kuch ishlatmasdan muvaffaqiyatli hal etishga imkon yaratadi. «Adolatparvarlik mеzonlarini» qo‘llash, hеch kim mag‘lub emasligini, balki barcha g‘olib bo‘lib qolishini isbotlaydi. Ziddiyatlar yеchimida adolatparvarlik mеzonlaridan sanalgan - e`tiborni muammoga qarata olish, muammoda shaxslarni ayblamaslik, muammoni aniqlash, muammo mazmunida fikrni jamlash, shaxsga emas, muammoga xujum qilish, o‘zgani tinglashga tayyorlik va faol vhgggfg g / Tayanch so’z va iboralar: ziddiytalar, adolatparvarlik, konflikt, pedagogik konflikt, adolatparvarli mezonlari, boshqarish, konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, maslahat, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, ziddiyatni yechish, konflikt manbalari, rag’batlantirish, integratsiya, moslashish, muammoda fikr jamlash

Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari.
Konfliktlar – tabiiy hayotiy voqelik ekanligini biz endi bilamiz. Bunday bilimlardan so‘ng o‘z hayotimizdagi tinchlik va osoyishtalik uchun bizning mas’uliyatimiz ortadi. Chunki tinchlik va osoyishtalik har doim ham o‘zicha davom etavermaydi. Har bir joyda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlay olish zarur. Konfliktli vaziyatlar esa mana shu osoyishtalik tizimini buzadi.
Ko‘pchilik hollarda konflikt zo‘ravonlikning qo‘llanishiga olib keladi. Biroq, zo‘ravonlik – odatdagi hayotiy voqea emas. Konfliktda zo‘ravonlikning qo‘llanilishi bu ziddiyatning nihoyat darajada eskalatsiya va agressiyaga olib kelish natijasi hisoblanadi. Har qanday konfliktli vaziyatning oldini olsa bo‘ladi. Afsuski, ko‘p hollarda konfliktlarni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati boy beriladi.
Bunday ahvoldan qanday chiqib ketish kerak?! Bu holda «Adolatparvarlik mezonlari» bizga qo‘l keladi hamda konfliktni zo‘ravonliksiz va kuch ishlatmasdan muvaffaqiyatli hal etishga imkon yaratadi. «Adolatparvarlik mezonlarini» qo‘llash, hech kim mag‘lub emasligini, balki barcha g‘olib bo‘lib qolishini isbotlaydi. Konfliktlar yechimida qo‘llaniladigan adolatparvarlik mezonlari, ya’ni qoidalari kuyidagilardan iborat:


  1. Download 159.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling