1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari
Download 1.36 Mb.
|
1-mavzu pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari.
XULOSALAR
1. Maqsadga erishilmagan. 2. Maqsadga qisman erishilgan. 3. Maqsadga erishilgan. 4. Maqsadga yuqori saviyada erishilgan. TAVSIYALAR 1. Talaba bilan qaytadan ishlash kerak. 2. Talabaga ko’rsatmalar berish kerak. 3. Talabadagi shu yo’nalishni kuchaytirish kerak. 4. Talabani ijodiy faoliyatga yo’llash kerak. Izoh: Shakldagi KTMD - kadrlar tayyorlash milliy dasturi; ELIM - elektron hisoblash mashinasi; BO’ - bo’lajak o’qituvchilar; DTS - Davlat ta’lim standartlari; ID - ilmiy dunyoqarash. • ko’makchi kompyuterli tizim bilan muntazam shug’ullanish bo’lajak mutaxassislarning ilmiy dunyoqarash va aqliy tarbiyaga oid bilim, ko’nikma, malakalarini kompyuterlarda mustaqil shakllantirishlariga erishishlarini kafolatlaydi va bu o’z navbatida, ular bilan qo’shimcha qiziqarli mashg’ulotlar olib borishga imkoniyat yaratadi. Ko’makchi kompyuterli tizimdan talabalarga «ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o’quvchilarga aqliy tarbiya berish» bo’yicha bilim berishda bevosita foydalanish mumkin, shuningdek, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi fanlardan ham talabalar ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishda foydalanish mumkin. Bu orqali ta’limda innovatsion texnologiyalar va kadrlar tayyorlashning jahon andozalari talablariga javob beradigan variant kafolatlanadi. O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari. Talabalar dunyoqarashini kengaytirishda, shu jumladan ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda «O’qing, qiziq», «Eng, eng, eng ...» kabi sarlavhalarda haftalik devoriy gazetalar tashkil qilishning o’rni beqiyos bo’lib, ulardagi ma’lumotlar ko’proq kasbiy faoliyat sohasiga tegishli bo’ladi. «O’qing, qiziq» sarlavhasiga tegishli ma’lumotlarni topishni talabalarning o’ziga yukiash maqsadga muvofiq, chunki talaba bu orqali izlanishga o’rganadi va shu sohadagi ko’nikma va malakalari shakllanib boradi. Albatta, talaba bu sohadagi ishlarini samarali tashkil qilish uchun o’qituvchi ko’rsatma berishi lozim, aks holda talabada bu sohadagi ishtiyoq so’nishi mumkin va ko’rsatma berishda ko’proq «U kim, bu nima» va shunga o’xshash har xil ensiklopediyalar, gazetalarda «O’qing, qiziq» va boshqa qiziqarli xabarlar, «Turfa olam» hamda «Fan va turmush» kabi jurnallarni tavsiya etgan mahqul. Bunda, albatta, ixtiyoriy ma’lumotlarni to’playverish emas, yuqorida ta’kidlangandek, kasbiy faoliyatga yuksaltirish asosiy diqqat markazida bo’lmog’i lozim. Dunyoqarashni kengaytirishga intellektual o’yinlar («Zakovat», «Intellektual ring», «O’yla, izla, top!» kabilar)ning o’rni beqiyos. Umuman olganda barcha darslarda talabalar dunyoqarashini kengaytirish mumkin. Unda faqat o’qituvchidan pedagogik mahorat talab etiladi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llaridan xabardor bo’lishi zarur. Bularda muammoli ta’limga ko’proq e’tibor berib, zamonaviy pedagogik texnologiyalardagi «Aqliy hujum», «Tahliliy fikr», «Tizimli tahlil» kabi yo’nalishlardan samarali foydalanish zarur. Tabiiyki, talabalar dunyoqarashini biror uslub yoki metodlarda emas, balki zamonaviy interaktiv usullar, turli o’yinlardan «Zakovat», «Intellektual ring» kabilardan foydalanishsa, foydadan xoli bo’lmaydi. Bugungi kunning dolzarb masalalaridan yana biri barcha fanlarni o’qilishda «Zakovat», «Intellektual ring» kabi o’yinlardan foydalanishsa, talabalar ilmiy dunyoqarashi, salohiyatini oshirish, mutaxassislarni tayyorlash, ularning sifatini mukammallashtirish vazifasi osonlashadi. Talabalar dunyoqarashini shakllantirishni quyidagicha amalga oshirgan mahqul: birinchi kurs talabalari o’rtasida «Zakovat» klubini ochish kerak. Bunda «Zakovat» o’yin turlarini o’tkazish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin. Bunda bo’lajak yosh pedagoglarning o’quv-tarbiyaviy jarayoni turli fanlar bo’yicha bilimlari tekshiriladi, baholashning pedagogik tizimlari ishlab chiqiladi. O’zlashtirgan materiallarini har xil ko’rinishda, turli sharoitda, qay darajada qoilashlikni, qadriyatlarimizni, turli ko’nikma, malaka, bilimlarini shakllantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Pedagogika oliygohi talabalari mashg’ulot jarayonida ham ushbu o’yinlardan foydalanilsa, o’zlashtirish yuqori samara beradi. 1-kursda ushbu ta’lim texnologiyasi talabalar dunyoqarashini kengaytiradi, o’zlashtirish 40 %gacha yaxshilanadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling